Dunyoda

Bayden vitse-prezident Kamala Harris oʻzidan aqlliroq ekanini aytdi

© AFP / ALEX WONGDjo Bayden i Kamala Xarris
Djo Bayden i Kamala Xarris - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
Jo Bayden ilgari bir necha marta Kamalani AQSH prezidenti deb atagandi, bu gal esa uni oʻzidan koʻra aqlliroq deb hisobaladi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden vitse-prezident Kamala Harris undan aqlliroq ekanini maʼlum qilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Bayden Harrisni Atlanta kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xodimlariga tanishtirayotib, uni oʻzidan aqlliroq deb hisobladi.
Jorjiya shtatiga safar chogʻida davlat rahbari nutq soʻzladi, keyinroq Harrisga darhol soʻz berishi lozimligini aytdi.
“Men buni qilmasligim kerak edi, chunki mendan aqlliroq boʻlgan vitse-prezidentimga soʻz bermoqchi edim”, - dedi Bayden.
Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
Bayden AQSH mudofaa vazirining ismi va Pentagon nomini esidan chiqarib qoʻydi
Harris hazil tariqasida “bu yerda qoʻshimcha qiladigan hech narsa yoʻqligini” taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jo Bayden Kamala Harrisni bir necha bor AQSH prezidenti deb atagandi. Bayden 20 yanvar kuni Amerika rahbari vazifasini bajarishga kirishdi, Harris esa vitse-prezident lavozimni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala