Prezident O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan muborakbod etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari ko‘p millatli mamlakat xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21-mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat ahlini Navro‘z bayrami bilan qutladi.
Davlat rahbari o‘z nutqi avvalida koronavirus balosi hali to‘la bartaraf bo‘lmaganini, shuncha mehnat zoe ketmasligi uchun pandemiyaga qarshi kurashishni bir lahza ham to‘xtatmaslik, beparvolik va beg‘amlikka berilmaslik kerakligini ta’kidladi.
Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, bizning qudratimiz – mehr-oqibat, o‘zaro ko‘mak va saxovatda, bizning yutug‘imiz – ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchimizda
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Prezident Navro‘zning o‘lmas ruhi va boqiy falsafasi bugun bunyod etilayotgan yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan uyg‘un va hamohang ekanini qayd etdi. Ko‘lamli islohotlar bundan keyin ham jadal davom ettiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, el-yurtimiz manfaatini, jondan aziz farzandlarimiz kelajagini ta’minlashga xizmat qiladigan to‘g‘ri yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz”, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Navro‘z bayramini nishonlayotgan barcha xalqlarga, xorijiy hamkorlarga ezgu tabrik va salomlarini yo‘lladi. Bayram tadbiri katta konsert dasturi bilan yakunlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
Yangiliklar lentasi
0