Qaysi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga o‘qishga qaytishga ruxsat berildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Obuna bo‘lish
Jami 25 mamlakat fuqarolariga Rossiyaga o‘qishga qaytishga ruxsat berilgan. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya ilm-fan va ta’lim vazirligi Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun qaytishga fuqarolariga ruxsat berilgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Rossiya hukumatining 2021-yil 16-martdagi 639-r-sonli farmoyishi bilan chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov fakultetlari tinglovchilariga Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun ruxsat berilgan.
Shuni e’tiborga olish kerakki, Rossiyaga o‘qish uchun faqat Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik vaziyati xavfsiz sifatida tavsiya qilingan xorijiy mamlakat fuqarolari kirishi mumkin.
Hozirda Rossiyaga Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Misr, Hindiston, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Kuba, Maldiv respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveysariya, Efiopiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya va Yaponiyadan bo‘lgan talabalar kirishi mumkin. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
Rossiya chet ellik talabalarga o‘z chegaralarini ochdi
Rossiyaga kirish ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxati chet ellik talabalarga universitetlar tomonidan shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek, ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalari orqali yetkaziladi.
Rossiya ta’lim vazirligi chet eldan keladigan talabalar uchun chegarani kesib o‘tish tartibini ishlab chiqqan.
Shu tarzda, Rossiya o‘z chegaralarini ochgan davlatlarning talabalari o‘z ta’lim muassasasini rejalashtirilayotgan sanadan o‘n kun oldin oldindan ogohlantirishlari shart. Shuningdek ular Rossiyaga kirib kelishdan uch kun oldin koronavirusga PSR-test topshirishlari zarur bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0