Migratsiya

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyat sodir etish koʻpaydi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishSotrudniki politsii
Sotrudniki politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiyada joriy yilning ikki oyi davomida xorijliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sodir etgan jinoyatlar soni oʻsdi. Bundan Rossiya IIV statistikasidagi raqamlar dalolat bermoqda.
“Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan 6,2 mingta jinoyat sodir etilgan. Bu 2020 yil yanvar-fevral oyiga qaraganda 1,9 foizga koʻproq”, - deyilgan xabarda.
Shulardan 4,8 mingta jinoyatni MDH fuqarolari sodir etgan va bu 12,6 foizga kam.
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2020
Jamiyat
Pandemiya sharoitida migrantlar orasida jinoyatchilik koʻpaymadi
IIV hisobotidan maʼlum boʻlishicha, Rossiyada chet el fuqarolariga nisbatan jinoyatlar soni 8,4 foizga kamaygan. Ikki oy davomida 2,3 mingta shunga oʻxshash jinoyat qayd etilgan.
Rossiyada yanvardan fevral oyiga qadar 137,2 ming kishi jinoyat sodir etilgani aniqlangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 2,2 foizga kam.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala