Taygada hordiq chiqarayotgan Putin va Shoygu videosi paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya prezidenti “biroq hordiq chiqarish uchun” dam olish kunlarini taygada o‘tkazishini ma’lum qilgandi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot xizmati Sibirda Vladimir Putin va mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu hordiq chiqarayotgani aks etgan lavhalarni ko‘rsatdi, deb yozadi RIA Novosti.
Avvalroq Putin “biroq hordiq chiqarish uchun” dam olish kunlarini taygada o‘tkazishini ma’lum qilgandi.
E’lon qilingan kadrlarda Putin vezdexod rulini o‘z qo‘liga olib, mudofaa vazirini tayga bo‘ylab sayr qildirganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ular osma ko‘prikdan daryo ustidan o‘tib, keyin tushlik qilishgan.
Qolaversa, Shoygu Putinga o‘zining ustaxonasini ko‘rsatgan. U quruq yog‘ochlardan yasagan ayrim buyumlarini prezidentga ko‘rsatgan.
Yangiliklar lentasi
0