Toshkentda “Hampton by Hilton” xalqaro mehmonxonasi quriladi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishNomer otelya
Nomer otelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Obuna bo‘lish
“Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri” —BI Group va “Hilton Worldwide”ning to‘rtinchi qo‘shma loyihasidir.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahri markazida “Hampton by Hilton” xalqaro mehmonxonasi quriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.
Hokimlik xabariga ko‘ra, 20-mart kuni mehmonxonaning poydevoriga vaqt kapsulasini qo‘yish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Obyekt qurilishi bilan Qozog‘istonning BI Group kompaniyasi shug‘ullanadi.
“BI Group kompaniyasi loyiha doirasida nafaqat quruvchi, balki investori bo‘lib, investitsiyalar miqdori 100 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaV Tashkente poyavitsya otel mejdunarodnoy seti Hilton
V Tashkente poyavitsya otel mejdunarodnoy seti Hilton - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
V Tashkente poyavitsya otel mejdunarodnoy seti Hilton
Mehmonxonadan 120 xona va biznes-markaz o‘rin oladi. Loyiha joriy yilning may oyida boshlanib, 2022-yil iyun oyida foydalanishga topshiriladi.
BI Group xoldingi “Hilton Worldwide” bilan Markaziy Osiyoda 10 ta “Hampton by Hilton” mehmonxonalarini qurish bo‘yicha kelishuv imzolagan. “Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri” — ulardan biridir.
Yangiliklar lentasi
0