Siyosat

Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
Oʻzbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun XDP tomonidan koʻrsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzildi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qoʻmitasi hayʼatining tegishli qarori qabul qilindi — saylovga tayyorgarlik jarayonlari boshladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Xalq demokratik partiyasi tomonidan koʻrsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzildi.
Dasturda bir qator dolzarb ijtimoiy masalalarda takliflarni ilgari surish moʻljallanmoqda. Buning uchun partiyaning 44 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mujchina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2021
Oʻzbekistonda prezident sayloviga tayyorgarlik qachondan boshlanishi aytildi
Saylovoldi dasturi loyihasini tayyorlashda ilmiy doiralar va partiya aʼzolari, keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot va muhokamalar oʻtkazish, aholini oʻylantirayotgan, yechimini kutib turgan masalalarni hal qilish boʻyicha yangicha yondashuvlar hamda takliflarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi.
XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatov 20 mart kuni Samarqand viloyatida, oʻtgan haftada Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida shu masala boʻyicha dastlabki muloqotlarni oʻtkazgan.
“Partiya dasturi kabinetda oʻtirib yozilishi kerak emas. U odamlar, partiya aʼzolarining takliflari asosida shakllantirilganda hayotiy boʻladi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Xalq demokratik partiyasi oʻz elektorati, jamoatchilik vakillari ishtirokida, respublika boʻylab ochiq muloqot va muhokamalarni tashkil etadi” — deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident saylovlari dekabr oyidan oktyabrga koʻchirilgan edi. Saylovlar joriy yil 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala