Siyosat

Xorijiy davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan tabriklamoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
Xorijiy davlat va hukumat rahbarlari Oʻzbekiston prezidenti va xalqini Navroʻz bayrami bilan tabriklamoqda.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Qutlovlarda mamlakatda barqaror taraqqiyotni taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarda erishilgan salmoqli yutuqlar va katta muvaffaqiyatlar alohida qayd etilgan. Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
Jamiyat
Prezident Oʻzbekiston xalqini Navroʻz bilan muborakbod etdi
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda oʻz nomidan Shavkat Mirziyoyev va u orqali Oʻzbekiston hukumati va xalqini Oʻzbekistonning anʼanaviy bayrami Navroʻz munosabati bilan samimiy muborakbod etgan.
Si Tszinpin Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani va Mirziyoyev bilan birgalikda ikki mamlakat va xalq farovonligi yoʻlida ikki tomonlama munosabatlarni yangi tarixiy sharoitlarda uzluksiz rivojlantirib borishga tayyorligini bildirgan. Hamkasbiga mustahkamkam sogʻlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilagan.
AQSH prezidenti Jozef Bayden oʻz tabrigida Afgʻonistonda urushga chek qoʻyadigan, barqaror va diplomatik yechimni taʼminlaydigan tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarda Navroʻz bayrami tinchlik nihoyatda muhim neʼmat ekani haqida eslatma boʻlib xizmat qilishini qayd etgan. Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarini izhor etgan.
Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi umumiy maʼnaviy qadriyatlar va doʻstlikka, strategik sheriklikka asoslangan oʻzaro manfaatli, keng koʻlamli munosabatlar bundan buyon ham jadal rivojlanaverishini tilagan.
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mirziyoyevning mamlakati taraqqiyoti va izchil rivojiga qaratilgan barcha ezgu saʼy-harakatlariga katta muvaffaqiyatlar, qardosh oʻzbek xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilagan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻzaro hurmat, tinchliksevarlik va yaxshi qoʻshnichilik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan ushbu fayzli bayram xalqlar hamjihatligi va doʻstligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan. Ushbu ajoyib ayyom Oʻzbekiston rahbari va qardosh Oʻzbekiston xalqiga baxt-saodat, shodlik va yangi zafarlar olib kelishini tilagan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlar muborak Navroʻzning barhayot anʼanalariga tayangan holda bundan buyon ham ogʻishmay rivojlanib borishi, yangi maʼno va mazmun bilan boyib, yanada kengayishi va mustahkamlanishiga amin ekanini taʼkidlangan. Bugungi bayramona muhitdan foydalanib, Mirziyoyevga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va yangi zafarlar, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslangan strategik sheriklik xalqlar farovonligi yoʻlida bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga qatʼiy ishonishini bildirgan. U ham Oʻzbekiston yetakchisiga mustahkam sogʻlik va faoliyatida muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Isroil prezidenti Reuven Rivlin, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, BAA bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovich, Turkiy tilli davlatlar kengashi bosh kotibi Bagʻdod Amreyev, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov va boshqalar tabrik yoʻllagan. Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala