Dunyoda

Dushanbe MDHning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPrazdnichnaya installyatsiya, posvyaщennaya Navruzu, na odnoy iz ulits v Dushanbe
Prazdnichnaya installyatsiya, posvyaщennaya Navruzu, na odnoy iz ulits v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
2020 yilda Qozogʻistonning Chimkent shahri MDHning madaniy poytaxti boʻlgan.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri 2021 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlari madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi. Bu haqda MDH internet portali xabar qilmoqda.
Dushanbe hokimi Rustam Emomaliga 21 mart kuni tegishli sertifikat topshirilgan. Marosim Opera va balet teatrida boʻlib oʻtgan.
© Internet portal SNGDushanbe poluchil sertifikat kulturnoy stolitsы SNG
Dushanbe poluchil sertifikat kulturnoy stolitsы SNG
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Dushanbe poluchil sertifikat kulturnoy stolitsы SNG
MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Anatoliy Iskanov Dushanbega Hamdoʻstlikning madaniy poytaxti maqomi berilishi yasharish va yangilanish ayyomi Navroʻz bilan bir kunda toʻgʻri kelgani ramziy maʼnoga egaligini taʼkidladi.
Tadbir mehmonlariga shahar haqidagi qisqa metrajli film namoyish etildi. Shuningdek, ularni turli ijodiy guruhlar oʻzlarining chiqishlari bilan xushnud etishdi.
2020 yilda Qozogʻistonning Chimkent shahri MDHning madaniy poytaxti boʻlgan.
Ushbu maqom Hamdoʻstlik shaharlariga 2011 yildan buyon beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala