Jamiyat

Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlar haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
2021 yil 1 sentyabrdan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, undan maqsadsiz foydalanish holatlari haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda yana bir sohada qonunbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga pul mukofoti berish taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasini Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan.
Tegishli qonun loyihasi bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab foto va video orqali yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, undan maqsadsiz foydalanish, ularda noqonuniy obʼyektlar qurish hamda tegishli hujjatlarda belgilanganidan ortiqcha yerdan foydalanish toʻgʻrisida aniqlangan holatlar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish taklif qilinmoqda.
Rossiyskiye rubli v rukax u jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonda poraxoʻrlarni ushlab bergan fuqarolarga pul mukofoti beriladi
Ularga huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 10% (24 500 soʻm) miqdoridagi pul mukofoti berilishi mumkin.
Qonun loyihasi bilan 2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi ajratilgan yer uchastkasi yoki qurilgan (qurilishi tugallanmagan) boshqa koʻchmas mulk obʼyektining fasad qismida ularning egalari tomonidan QR-kod joylashtirilishi koʻzda tutilmoqda.
Shu maqsadda 1 avgustgacha barcha yer fondi uchastkalari, bino va inshootlar, shu jumladan yengil qurilmalar xatlovdan oʻtkazilib, davlat reyestriga QR-kod biriktiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda fuqarolar notoʻgʻri joyda axlat tashlanganlik, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganliklari uchun pul mukofoti belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala