Dunyoda

Insoniyat global suv tanqisligi haqida ogohlantirildi

© Sputnik / Pavel Lvov / Fotobankka oʻtishArkticheskiy arxipelag Zemlya Frantsa-Iosifa
Arkticheskiy arxipelag Zemlya Frantsa-Iosifa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda 2 milliarddan ziyod kishi sudan erkin foydalana olmaydi.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. YUNESKO yaqin oʻn yillikda suv resurslarining global tanqisligi yuzaga kelishini prognoz qilmoqda. Bu haqda tashkilot saytida chop qilingan maʼruzada bayon qilingan.
Olingan hisob-kitoblarga koʻra, insoniyat 2030 yilga kelib 40 foiz miqdorida global suv tanqisligiga yuz tutadi.
Taʼkidlanishicha, global xususiyatga ega boshqa muammolar vaziyatni yana ogʻirlashtiradi.
Sarezskoye ozero v gorax Pamira. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Dunyoda
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun xavf tugʻdiradi – Rahmon
YUNESKO maʼlumotlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan dunyo inqirozi aholini suv bilan taʼminlash muammosini yanada ravshanroq qilgan. Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda 2 milliarddan ziyod kishi sudan erkin foydalana olmaydi.
Maʼruza mualliflari bugungi kunda suv zaxiralarini saqlab qolish uchun yetarlicha saʼy-harakat qilinmayapti deb hisoblashadi. Shu bois YUNESKO suv qiymatini nafaqat uning bozor narxi, balki uning tarqatilishi olib keladigan naflarni hisobga olib baholash inobatga olingan modelni ishlab chiqishga chaqirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala