Jamiyat

Jinoyat Kodeksiga muhim oʻzgarishlar kiritilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishOsujdennыy pojiznenno, otbыvayuщiy nakazaniye v Federalnom kazennom uchrejdenii. Illyustrativnoye foto
Osujdennыy pojiznenno, otbыvayuщiy nakazaniye v Federalnom kazennom uchrejdenii. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Oʻzbekistonda Insonparvarlik komissiyalari tashkil etiladi va ular mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish masalasi bilan shugʻullanadi.
TOSHKENT, 22 mar – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga bir qator muhim oʻzgarishlar kiritilmoqda. Bu haqida IIV tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.
Yangi Kodeksning 15 moddasiga koʻra, Oʻzbekiston sud-huquqi tizimida Insonparvarlik komissiyalari tashkil etiladi.
Insonparvarlik komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasining har bir mintaqasida tuziladi. Komissiya tarkibiga Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari deputatlari, oʻz-oʻzini boshlqarish tashkilotlarining hayotiy tajriba va aholi orasida obroʻga ega vakillaridan iborat boʻladi.
Insonparvarlik komissiyasi raisi etib Xalq deputatlari kengashi deputati tayinlanadi. Insonparvarlik komissiyasi aʼzolari soni besh kishidan kam boʻlmasligi lozim.
Insonparvarlik komissiyasining asosiy vazifasi:
mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish;
mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish yoki taqdim etishni rad etish haqida xulosa berish.
Mahbusga doir hujjatlar toʻplami - hududiy jazoni ijro etish boʻlinmalari tomonidan tayyorlanadi.
Mahkumlar pensiya taʼminotini ham quyidagi oʻzgarishlar kutmoqda:
407 – modda: Jazoni ijro etish muassasalari yoki ularning tashkilotlari tomonidan ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar uchun soliq toʻlanmaydi”;
408 – modda: Ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar ixtiyoriy ravishda har oy bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar”;
Qonun izohida aytilishiga koʻra, kiritilayotgan ushbu oʻzgarishlardan quyidagi natijalar kutilmoqda:
1.
xalqaro standart va ilgʻor xorijiy tajribani milliy xususiyatlar hamda sharoitni hisobga olgan holda jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligiga implementatsiya qilish orqali qonunchilikni yanada takomillashtirilishini;
2.
jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligining asosiy tamoyillarini mustahkamlash, mahkumlarni ahloqan tuzatishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari doirasini kengaytirilishini;
3.
jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini takomillashtirilishini;
4.
mahkumlarda qonunga itoatkor xulqni shakllantirish va ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi oshishini taʼminlaydi.
Yangi qonun loyihasi 3 aprelga qadar umumxalq muhokamasida boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala