Jinoyat Kodeksiga muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOsujdenniy pojiznenno, otbivayushiy nakazanie v Federalnom kazennom uchrejdenii. Illyustrativnoe foto
Osujdenniy pojiznenno, otbivayushiy nakazanie v Federalnom kazennom uchrejdenii. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Insonparvarlik komissiyalari tashkil etiladi va ular mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish masalasi bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga bir qator muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqida IIV tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Yangi Kodeksning 15 moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston sud-huquqi tizimida Insonparvarlik komissiyalari tashkil etiladi.
Insonparvarlik komissiyalari O‘zbekiston Respublikasining har bir mintaqasida tuziladi. Komissiya tarkibiga Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari deputatlari, o‘z-o‘zini boshlqarish tashkilotlarining hayotiy tajriba va aholi orasida obro‘ga ega vakillaridan iborat bo‘ladi.
Insonparvarlik komissiyasi raisi etib Xalq deputatlari kengashi deputati tayinlanadi. Insonparvarlik komissiyasi a’zolari soni besh kishidan kam bo‘lmasligi lozim.
Insonparvarlik komissiyasining asosiy vazifasi:
mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish;
mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etish yoki taqdim etishni rad etish haqida xulosa berish.
Mahbusga doir hujjatlar to‘plami - hududiy jazoni ijro etish bo‘linmalari tomonidan tayyorlanadi.
Mahkumlar pensiya ta’minotini ham quyidagi o‘zgarishlar kutmoqda:
407 – modda: Jazoni ijro etish muassasalari yoki ularning tashkilotlari tomonidan ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar uchun soliq to‘lanmaydi”;
408 – modda: Ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar ixtiyoriy ravishda har oy bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida soliq to‘laydilar”;
Qonun izohida aytilishiga ko‘ra, kiritilayotgan ushbu o‘zgarishlardan quyidagi natijalar kutilmoqda:
1.
xalqaro standart va ilg‘or xorijiy tajribani milliy xususiyatlar hamda sharoitni hisobga olgan holda jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligiga implementatsiya qilish orqali qonunchilikni yanada takomillashtirilishini;
2.
jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligining asosiy tamoyillarini mustahkamlash, mahkumlarni ahloqan tuzatishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari doirasini kengaytirilishini;
3.
jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini takomillashtirilishini;
4.
mahkumlarda qonunga itoatkor xulqni shakllantirish va ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
Yangi qonun loyihasi 3-aprelga qadar umumxalq muhokamasida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0