Jamiyat

Madaniyat vaziri yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi

© Abdulaziz MuborakXudayberdы Tuxtabayev
Xudayberdы Tuxtabayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Ozodbek Nazarbekov yozuvchining qiziqarli asarlari nafaqat Oʻzbekistonda, balki chet ellarda ham sevib oʻqilishini taʼkidlagan.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafoti munosabati bilan taʼziya izhor etdi.
Avvalroq Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Davlat mukofoti sovrindori Xudoyberdi Toʻxtaboyev bu yorugʻ olamni tark etgani xabar qilingan edi.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Jamiyat
Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafot etdi
Vazir oʻzbek bolalar adabiyotining ustuni boʻlgan sermahsul, serqirra ijodkor Xudoyberdi Toʻxtaboyevning boy ijodiy merosi, bosib oʻtgan ibratli hayoti xalq uchun ulkan faxr, iftixor ekanini qayd etgan.
Qariyb 90 yillik umri davomida hayotning barcha yaxshi va achchiq iztirobli kunlarini boshidan kechirgan, ularni oʻz asarlarida mohirona tasvirlab, begʻubor qalblarga ezgulik urugʻini qadab ketgan buyuk ijodkor bobomizning asarlari hali ming-minglagan avlodlarga hayot sabogʻini beradi. Zero, bolalikning mangu qoʻshigʻi aslo soʻnmaydi!”, - deya yozgan Nazarbekov oʻz telegram kanalida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala