Madaniyat vaziri yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

© Abdulaziz MuborakXudayberdi Tuxtabayev
Xudayberdi Tuxtabayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
Ozodbek Nazarbekov yozuvchining qiziqarli asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham sevib o‘qilishini ta’kidlagan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.
Avvalroq O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Davlat mukofoti sovrindori Xudoyberdi To‘xtaboyev bu yorug‘ olamni tark etgani xabar qilingan edi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
Vazir o‘zbek bolalar adabiyotining ustuni bo‘lgan sermahsul, serqirra ijodkor Xudoyberdi To‘xtaboyevning boy ijodiy merosi, bosib o‘tgan ibratli hayoti xalq uchun ulkan faxr, iftixor ekanini qayd etgan.
Qariyb 90-yillik umri davomida hayotning barcha yaxshi va achchiq iztirobli kunlarini boshidan kechirgan, ularni o‘z asarlarida mohirona tasvirlab, beg‘ubor qalblarga ezgulik urug‘ini qadab ketgan buyuk ijodkor bobomizning asarlari hali ming-minglagan avlodlarga hayot sabog‘ini beradi. Zero, bolalikning mangu qo‘shig‘i aslo so‘nmaydi!”, - deya yozgan Nazarbekov o‘z telegram kanalida.
Yangiliklar lentasi
0