Pentagonning dahshatli tushi: AQSh Rossiyaning "Burevestnik" kuchidan bezovta bo‘lmoqda

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem «Burevestnik”
Ispitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem «Burevestnik” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
Qanotli raketa jangovar zaradining kuchi trotil ekvivalentida megatonnadan oshadi va bu har qanday strategik nishonni, shu jumladan yer osti yoki suv osti obyektlarini aniq yo‘q qilish uchun yetarli.
Rossiya milliy xavfsizlik va davlat suverenitetini ishonchli ta’minlaydigan yuqori texnologik qurollarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi. Pentagonni juda xavotirga solayotgan narsa - uchish masofasi chegaralanmagan qanotli raketasi bilan Rossiyaning "Burevestnik" yadroviy ustanovkasi, bu AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilarining harbiy-siyosiy "ustunligi" uchun chaqiriq bo‘ladi.
16 mart kuni bo‘lib o‘tgan Kongress yig‘ilishida AQSh Shimoliy qo‘mondonligi rahbari general-leytenant Glen Van Xork "Burevestnik" yadroviy qanotli raketasi Rossiyaga "o‘ta uzoq masofa va avtonomlik tufayli har qanday vektordan zarba berishga imkon beradi", bu "AQShga yadroviy jangovar raketalarni yetkazish imkonini beradi” deb aytdi.
Samolyot An 124-100 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
“Ruslan”: Rossiya "avia-gigant"ni ishlab chiqarishni qayta tiklamoqda
Xorkning fikriga ko‘ra, Rossiya AQShga doim bevosita tahdid solmoqda va Amerika mudofaasi uchun eng jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, Rossiya yetakchilari go‘yoki Amerikaning sayyoradagi ta’siriga putur yetkazish, "mintaqaviy ustunligini tasdiqlash va jahon derjavasi maqomini qaytarish"ga intilishmoqda.
Ehtimol, dunyodagi nufuz va yuqori maqom faqatgina AQShga xos, ammo "qo‘llarni burish" (sobiq prezident Barak Obama aytganidek) bu holatda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib "Avangard" qit’alararo ballistik raketalarini gipertovushli raketalarni jangovar navbatchilikka qo‘ydi, “Poseydon” transokean yadro torpedosini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishni va yadro uchligining barcha tarkibiy qismlarini modernizatsiya qilishni davom etmoqda. Shu bilan birga, Moskva an’anaviy ravishda manfaatlar muvozanati va murosaga kelish yo‘llarini izlashga asoslangan to‘g‘ri, teng huquqli muloqotga tayyorligini namoyish etadi. Afsuski, Vashington hali teng huquqli shartlarda gaplashishga tayyor emas.
Rossiya strategik “Burevestnik” quroli Pentagonning dahshatli tushiga aylanmoqda.
Ayni paytda RF Mudofaa vazirligining radiolokatsion stansiyalari bir hafta ichida asosan Rossiya g‘arbiy chegaralari bo‘ylab razvedka olib borgan xorijiy davlatlarga qarashli bo‘lgan 27 ta razvedka-samolyotlari va 14 ta pilotsiz uchar qurilmalarini aniqladi. Bu Gruziya, Moldova, Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlarini o‘z ichiga olgan 27 ittifoqdosh (qaram?) davlatlarning 28 ming askarlari ishtirokida AQSh armiyasining DEFENDER Europe 21 har yili o‘tkaziladigan keng ko‘lamli harbiy mashqlar doirasida amalga oshirilmoqda. Rossiya hech qachon bunday harakatlarni AQSh chegaralari yaqinida o‘tkazmagan.

Yuqori texnologiyalar parvozi

"Burevestnik"ning texnologik o‘ziga xosligi uni ustunlik va shu bilan birga RF Mudofaa vazirligining eng maxfiylashtirilgan loyihalaridan biriga aylantiradi. Yadroviy (reaktiv) dvigatelli, dunyoda analogi yo‘q, qanotli raketaning bir nechta xususiyatlari ochiqlangan.
O‘lchamlari bo‘yicha "Burevestnik" ilgari yaratilgan Rossiya qanotli raketalari bilan bir qatorda. "Standart korpus"da ("stels" texnologiya bo‘yicha yaratilgan) atom energetik ustanovka joylashgan, dunyoning yetakchi davlatlari olimlari va konstruktorlari yaratishni orzu qilgan eda, ammo faqat Rossiya mutaxassislari bu g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shartli ravishda cheksiz parvozlar oralig‘i (minimal chegara 130 ming km) jangovar qo‘llashning yangi strategiyasi va taktikasini yaratishga, raqibga eng fantastik transkontinental trayektoriyalar bo‘ylab hujum qilishga, mavjud va kelajakdagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini potensial foydasiz qilishga imkon beradi (dunyodagi biron bir davlat raketaga qarshi tizimlarni, chegaralar perimetrini yoki uning butun hududini qamrab olishga qodir emas). “Burevestnik” jangovar snaradining kuchi trotil ekvivalentida megatonnadan oshadi va bu har qanday strategik nishon, shu jumladan yer osti yoki suv osti obyektlarini yakson qilish uchun yetarli.
Yadroviy qanotli raketani aniqlash va to‘xtatib qolish deyarli mumkin emas. Sun’iy yo‘ldosh “Burevestnik” startini aniqlay oladi, keyinchalik esa raketa ko‘rinmas holga keladi.
Kelajakda turboreaktiv dvigatellarni yanada kuchli yadro reaktori bilan birlashtirilishi - stratosferada gipertovushli tezlikda uchishga qodir bo‘lgan yangi samolyotni yaratish mumkin. Bu fantastika emas. Yangi global masofaga uchadigan qanotli raketani sinovdan o‘tkazish dasturida kamida 2ta Rossiya poligonini – “Kapustin Yar” va “Novaya Zemlya” jalb etilgan.

Mas’uliyatsizlik - jazosiz qolish

Avvalroq Amerikaning Military Watch nashri NATOdan SSC-X-9 Skyfall kodli nom olgan - Rossiyaning 9M730 "Burevestnik" yadroviy qanotli raketasini sinovdan o‘tkazishni qayta boshlagani haqida xabar bergan edi. Ushbu OAVga ko‘ra, Arktika arxipelagi Novaya Zemlya yangi raketaning sinov maydonchasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Sun’iy yo‘ldoshlar poligonda faollikni qayd etmoqda, u yerda Rossiya 4-marta "Burevestnik" raketalarini uchirgan (2017 yil noyabridan 2018-yil fevraligacha).
Military Watch “Burevestnik”ning o‘ziga xosligini qayd etadi. Uchirishdan so‘ng yadroviy reaktorli raketa ko‘p yillar davomida uchib yurishi mumkin va Rossiya Federatsiyasi hududida raqibning oldindan zarba bergan taqdirda ham daxlsiz bo‘lib qoladi.
Raketniy kompleks Iskander-M na seremonii otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYa-2016 vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Yaxshi raqqosga "Iskander"lar halal bermoqda
Havoda uzoq vaqt qolish, havo hujumidan mudofaa tizimidagi "teshiklar" orqali har qanday yo‘nalishdan o‘tish raqib nishonlariga zarba berishi mumkin.
Bunday texnologiyalardan Rossiyadagi boshqa raketa dasturlarida foydalanish sayyora atrofida doimo "orbitalarda" uchib o‘tadigan daxlsiz strategik va taktik yadroviy raketalarning yangi turlarini yaratishga imkon beradi. Mana shu sababli, tiyib turish instrumenti va o‘ch olish quroli bo‘lgan “Burevestnik” - Pentagon generallariga juda ham yoqmayapti.
An’anaviy qanotli raketa - bu tizimli ravishda cheklangan masofaga ega reaktiv quvvatli jangovar snarad (amerikalik Tomagavk 2500 kmgacha uchishi mumkin). Yadro reaktori bo‘lgan raketa o‘nlab va yuz minglab kilometrlarni bosib o‘tishi mumkin, ya’ni ko‘p oylar yoki yillar davomida atmosferaning zich qatlamlarida "Yerning sun’iy yo‘ldoshi"ga aylanadi.
Amerikalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, Rossiyaning eng yangi qanotli raketasi 2025-yilda qurollanish uchun qabul qilinadi. Rossiyalik mutaxassislarning tahminlariga ko‘ra, strategik “Burevestnik” 2027-yildan ilgari jangovar safda bo‘ladi va uning jangovar salohiyati 2026-yil 5-fevralgacha uzaytirilgan Rossiya-Amerika strategik hujum qurollari shartnomasida (SNV-3) hisobga olinmaydi. Qanday bo‘lmasin "Burevestnik" Vashington va Brusseldagi "sheriklar" uchun jazosiz qolish tasavvurini tarqatib yuboradi hamda ularning mas’uliyatini, tinchliksevarlik va gapga ko‘nuvchanlikni sezilarli darajada oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0