Analitika

Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish: Nega Rossiyaga oʻta qimmat neft foydali emas

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishRabota neftyanыx stankov - kachalok
Rabota neftyanыx stankov - kachalok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Irina Badmayeva. Bahor kelishi bilan 70 dollarga chiqqan qora oltin narxi yana oʻshanday jaddallik bilan arzonlashdi. Xom ashyo Yevropadagi emshash bilan bogʻliq muammolar sabab arzonlashdi. Bozor oʻyinchilari dunyo iqtisodiyoti tiklanishi sekinlashishi va neft mahsulotlariga boʻlgan talab – avvalo benzinga – tushib ketishidan xavotirlanishmoqda. Bu Rossiya iqtisodyotiga qanday taʼsir koʻrsatishini RIA Novosti oʻrgandi.

Oʻsishdan soʻng pasayish – va aksincha

Neft argʻimchoqlari shiddat bilan ishlamoqda. Uglevodorodlar bozori haddan ziyod qizib ketdi: koʻtarilish qulash bilan oʻrin almashdi. Oy boshida Brent 70 dollardan ziyod turardi – kovidga qadar 2020 yil yanvaridagidek.
Ammo mart oʻrtasida 62 dollargacha tushdi.
Gap shundaki, Yevropada emlash ishlari umid qilingandek boʻlmadi. Koʻplab mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Frantsiya, Italiya, nojoʻya taʼsirlar tufayli “AstraZeneca” vaktsinasidan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi.
Bu dunyo iqtisodiyoti tiklanishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Jumladan, yoqilgʻiga boʻlgan talabni. Mana narxlar ham tushib ketdi.
Neftyanaya kachalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Rossiya
Neft naqadar uzoq qimmatlashishda davom etadi?
Shunga qaramasdan bozordagi vaziyat yetarlicha ijobiy, deb hisoblaydi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining sanoat iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti Oleg Kalenov. “Koronavirusga qarshi kurashda orttirilgan tajbira umid bagʻishlaydi. Buning ustiga ishlab chiqarish oʻsmoqda, transport odatiy ish tartibiga qaytmoqda”, - deydi u.
Xalqaro energetika agentligi (XEA) yarim yil ichida birinchi marta neftga oid prognozlarini koʻtardi. Tahlilchilar sutkasiga 96,5 million barrel darajasidagi dunyo talabini kutishmoqda (2020 yil natijasi – 91 million). Birinchi chorakda isteʼmol koʻtarilishiga Yevropa, Osiyo shimoli va AQShdagi anomal sovuq koʻmaklashdi. Natijada Amerika yetkazib berishidan vaqtincha kuniga uch yarim million barrel atrofida tushib qoldi.
Ammo OPEK+aprel oyida qazib olishni koʻpaytirishga shoshilmaslikka qaror qildi.
Sutkasiga mos ravishda 130 ming va 20 ming barrel qoʻshishga imkon berilgan Rossiya va Qozogʻiston bundan istisno. Bosh vazir oʻrinbosari Aleksandr Novakning soʻzlariga koʻra, Rossiya uchun bu muhim, “chunki bizda mavsum ehtiyoji”. Gap avvalo ichki bozor haqida ketyapti.
Qoʻshimcha yoqilgʻi eksportga joʻnatilmaydi. U faqat benzin narxini jilovlab turish uchun mahalliy isteʼmolchilarga yoʻnaltiriladi.

Umumiy saʼy-harakatlar bilan kotirovkalarni koʻtarish

Saudiya Arabistoni oʻzi uchun ixtiyoriy cheklov – kuniga bir million barrelni saqlab qolmoqda. Yoʻqotishlar oʻrni “oʻz vaqtida” qoplanadi, bozordagi vaziyatga qarab, deya tushuntirdi Podshohlik energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon.
Aytgancha, bu yil OPEK+ aʼzolari har qachondidan ham intizomli. “Yanvarda qazib olish sutkasiga 7,4 million barrelgacha qisqartirishdi. Buni 103 foizga bajarishdi. Fevralda – 112 foizga, XEA maʼlumotlariga koʻra. Tabiiyki, kotirovkalar koʻtarilib ketdi”, -deydi Maksim Chernyayev, RUDN iqtisodiyot fakulteti dotsenti.
Sotrudniki avtozapravochnoy stantsii berut probu benzina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Iqtisod
Qirgʻiziston neft va neft mahsulotlarini chetga olib chiqishni vaqtincha taqiqladi
Xitoy, Hindiston hamda Yevropada yoqilgʻiga boʻlgan talab qayta tiklanmoqda. U yerda mart boshida sanoat faolligi 2018 yil bahori darajasiga chiqdi. Iqtisodga kutilayotgan amerika moliyasi qoʻshilishi oʻz hissasini qoʻshadi –ikki trillion dollar atrofida. isteʼmolchilar koʻproq sarflashni boshlaydi va bu tovarlarni tashish uchun zarur boʻlgan benzin talabini oshirib yuboradi.
Bundan tashqari, XEA kasallikni kamaytirish va karantin choralarini yengillashtirishni vaʼda qilayotgan keng koʻlamli emlashga hamon umid bildirmoqda. Natijada 2020 yil “suv tekin boʻlgan” neft talabi 60 foizga tiklanishi kutilmoqda. Ammo inqirozga qadar koʻrsatichga kamida ikki yildan keyin erishiladi, deb hisoblaydi XEA.
Shu bois agentlik tahlilchilar navbatdagi narx bilan bogʻliq oʻzgaruvchanlikka ishonishmaydi. Bozor bazoʻr zud va barqaror oʻsishni namoyon etmoqda.

Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish

Butun dunyo boʻylab omborlarda neft avvalgidek keragidan ortiq. Qolaversa, ayrim eksportchilar yetkazib berishni koʻpaytirishmoqchi. Masalan, Liviya bozorga qaytdi. Mamlakatda fuqarolik urushi vaqtida ishdan chiqarilgan soha obʼyektlari yana qayta ishga tushirildi.
Ustiga ustak Liviyani OPEK+ bitimidan ozod qilishdi. Noyabrdan buyon u yerda sutkasiga bir milliondan ziyod qazib chiqarilmoqda. Yaqin oylarda mamlakatning markaziy qismi va gʻarbida neft konlarini oʻrganishga kirishiladi. 2015 yilda yopilgan yana bir necha maydon taʼmirlanadi.
Bu bozor oʻyinchilarini xavotirga soladi. OPEK haddan ziyod ishlab chiqarish inqirozidan qoʻrqmoqda.
Liviya neftidan tashqari kotirovkalarga Amerikaning slants sanoati tiklanishi taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Oʻsish qulash bilan oʻrin almashganda narxlar yanada yuqoriroq yoʻlakda uzoqroq oʻrnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Pasayishdan soʻng kotirovkalar 63-68 dollar atrofida mustahkamlanadi, ehtimol, bir qancha muddat 60 ga tushadi. Yaqinda bu haqda qazib oluvchi mamlakatlar faqat orzu qilishlari mumkin edi. Jumladan, Rossiya ham.
Ammo hatto 60 dollardan past narxlar Rossiya iqtisodiyoti uchun xavfli emas. “Oʻta yuqori kotirovkalar gʻazna toʻlishiga va zanjir bilan boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlovchi neft sohasi xodimlari xarajatlarining oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Boshqa tomondan – neft qazib olishning oʻta rentabelligi va qayta ishlash yirik sanoatchilarning xom ashyo qazish bilan bogʻliq boʻlmagan, jumladan, IT va yuqori texnologiyalar har qanday loyihalar kapitaliga sarmoya kiritish istagini susaytirishi mumkin”, - deya tushuntiradi Pyotr Pushkaryov, “TeleTrade” axborot-tahliliy markazining yetakchi iqtisodchisi.
Tovarnыe sostavы na jeleznodorojnoy stantsii Yanichkino - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Analitika
Yangi supertsikl: Neft bozorida beshinchi oʻsish toʻlqini boshlanadi
Neft kompaniyalari soliq bilan jilovlab turilmasa, qimmat xom ashyo qosh qoʻyish oʻrniga koʻz chiqarishga qodir: iqtisodiyot diversifakatsiyasini sekinlashtiradi.
2021 yil byudjetiga Urals evaziga 43,3 dollar kiritilgan. “Agar kam boʻlsa, gʻazna zarar koʻradi. Muvofiq chegara doirasi – 45,3 dan 80 gacha, byudjet toʻldirilishini saqlash va OPEK+da ishtirok etmaydigan mamlakatlarni nojoʻya harakatga undamaslik, qazib chiqarishni koʻpaytirish uchun”, - deydi Maksim Chernyayev. Shu bilan birga Rossiya eksport nefti ketma-ket ikki hafta Yevropa 65 dollardan yuqori barqaror sotilmoqda. Oxirgi marta bunaqasi 2020 yil yanvarida boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala