Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish: Nega Rossiyaga o‘ta qimmat neft foydali emas

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota neftanix stankov - kachalok
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Irina Badmayeva. Bahor kelishi bilan 70 dollarga chiqqan qora oltin narxi yana o‘shanday jaddallik bilan arzonlashdi. Xom ashyo Yevropadagi emshash bilan bog‘liq muammolar sabab arzonlashdi. Bozor o‘yinchilari dunyo iqtisodiyoti tiklanishi sekinlashishi va neft mahsulotlariga bo‘lgan talab – avvalo benzinga – tushib ketishidan xavotirlanishmoqda. Bu Rossiya iqtisodotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini RIA Novosti o‘rgandi.

O‘sishdan so‘ng pasayish – va aksincha

Neft arg‘imchoqlari shiddat bilan ishlamoqda. Uglevodorodlar bozori haddan ziyod qizib ketdi: ko‘tarilish qulash bilan o‘rin almashdi. Oy boshida Brent 70 dollardan ziyod turardi – kovidga qadar 2020-yil yanvaridagidek.
Ammo mart o‘rtasida 62 dollargacha tushdi.
Gap shundaki, Yevropada emlash ishlari umid qilingandek bo‘lmadi. Ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya, nojo‘ya ta’sirlar tufayli “AstraZeneca” vaksinasidan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.
Bu dunyo iqtisodiyoti tiklanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Jumladan, yoqilg‘iga bo‘lgan talabni. Mana narxlar ham tushib ketdi.
Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Neft naqadar uzoq qimmatlashishda davom etadi?
Shunga qaramasdan bozordagi vaziyat yetarlicha ijobiy, deb hisoblaydi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining sanoat iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti Oleg Kalenov. “Koronavirusga qarshi kurashda orttirilgan tajbira umid bag‘ishlaydi. Buning ustiga ishlab chiqarish o‘smoqda, transport odatiy ish tartibiga qaytmoqda”, - deydi u.
Xalqaro energetika agentligi (XEA) yarim yil ichida birinchi marta neftga oid prognozlarini ko‘tardi. Tahlilchilar sutkasiga 96,5 million barrel darajasidagi dunyo talabini kutishmoqda (2020 yil natijasi – 91 million). Birinchi chorakda iste’mol ko‘tarilishiga Yevropa, Osiyo shimoli va AQShdagi anomal sovuq ko‘maklashdi. Natijada Amerika yetkazib berishidan vaqtincha kuniga uch yarim million barrel atrofida tushib qoldi.
Ammo OPEK+aprel oyida qazib olishni ko‘paytirishga shoshilmaslikka qaror qildi.
Sutkasiga mos ravishda 130 ming va 20 ming barrel qo‘shishga imkon berilgan Rossiya va Qozog‘iston bundan istisno. Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun bu muhim, “chunki bizda mavsum ehtiyoji”. Gap avvalo ichki bozor haqida ketapti.
Qo‘shimcha yoqilg‘i eksportga jo‘natilmaydi. U faqat benzin narxini jilovlab turish uchun mahalliy iste’molchilarga yo‘naltiriladi.

Umumiy sa’y-harakatlar bilan kotirovkalarni ko‘tarish

Saudiya Arabistoni o‘zi uchun ixtiyoriy cheklov – kuniga bir million barrelni saqlab qolmoqda. Yo‘qotishlar o‘rni “o‘z vaqtida” qoplanadi, bozordagi vaziyatga qarab, deya tushuntirdi Podshohlik energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon.
Aytgancha, bu yil OPEK+ a’zolari har qachondidan ham intizomli. “Yanvarda qazib olish sutkasiga 7,4 million barrelgacha qisqartirishdi. Buni 103 foizga bajarishdi. Fevralda – 112 foizga, XEA ma’lumotlariga ko‘ra. Tabiiyki, kotirovkalar ko‘tarilib ketdi”, -deydi Maksim Chernyayev, RUDN iqtisodiyot fakulteti dotsenti.
Sotrudniki avtozapravochnoy stansii berut probu benzina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Qirg‘iziston neft va neft mahsulotlarini chetga olib chiqishni vaqtincha taqiqladi
Xitoy, Hindiston hamda Yevropada yoqilg‘iga bo‘lgan talab qayta tiklanmoqda. U yerda mart boshida sanoat faolligi 2018-yil bahori darajasiga chiqdi. Iqtisodga kutilayotgan amerika moliyasi qo‘shilishi o‘z hissasini qo‘shadi –ikki trillion dollar atrofida. iste’molchilar ko‘proq sarflashni boshlaydi va bu tovarlarni tashish uchun zarur bo‘lgan benzin talabini oshirib yuboradi.
Bundan tashqari, XEA kasallikni kamaytirish va karantin choralarini yengillashtirishni va’da qilayotgan keng ko‘lamli emlashga hamon umid bildirmoqda. Natijada 2020-yil “suv tekin bo‘lgan” neft talabi 60 foizga tiklanishi kutilmoqda. Ammo inqirozga qadar ko‘rsatichga kamida ikki yildan keyin erishiladi, deb hisoblaydi XEA.
Shu bois agentlik tahlilchilar navbatdagi narx bilan bog‘liq o‘zgaruvchanlikka ishonishmaydi. Bozor bazo‘r zud va barqaror o‘sishni namoyon etmoqda.

Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish

Butun dunyo bo‘ylab omborlarda neft avvalgidek keragidan ortiq. Qolaversa, ayrim eksportchilar yetkazib berishni ko‘paytirishmoqchi. Masalan, Liviya bozorga qaytdi. Mamlakatda fuqarolik urushi vaqtida ishdan chiqarilgan soha obyektlari yana qayta ishga tushirildi.
Ustiga ustak Liviyani OPEK+ bitimidan ozod qilishdi. Noyabrdan buyon u yerda sutkasiga bir milliondan ziyod qazib chiqarilmoqda. Yaqin oylarda mamlakatning markaziy qismi va g‘arbida neft konlarini o‘rganishga kirishiladi. 2015-yilda yopilgan yana bir necha maydon ta’mirlanadi.
Bu bozor o‘yinchilarini xavotirga soladi. OPEK haddan ziyod ishlab chiqarish inqirozidan qo‘rqmoqda.
Liviya neftidan tashqari kotirovkalarga Amerikaning slans sanoati tiklanishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘sish qulash bilan o‘rin almashganda narxlar yanada yuqoriroq yo‘lakda uzoqroq o‘rnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pasayishdan so‘ng kotirovkalar 63-68 dollar atrofida mustahkamlanadi, ehtimol, bir qancha muddat 60 ga tushadi. Yaqinda bu haqda qazib oluvchi mamlakatlar faqat orzu qilishlari mumkin edi. Jumladan, Rossiya ham.
Ammo hatto 60 dollardan past narxlar Rossiya iqtisodiyoti uchun xavfli emas. “O‘ta yuqori kotirovkalar g‘azna to‘lishiga va zanjir bilan boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlovchi neft sohasi xodimlari xarajatlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa tomondan – neft qazib olishning o‘ta rentabelligi va qayta ishlash yirik sanoatchilarning xom ashyo qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan, jumladan, IT va yuqori texnologiyalar har qanday loyihalar kapitaliga sarmoya kiritish istagini susaytirishi mumkin”, - deya tushuntiradi Potr Pushkarov, “TeleTrade” axborot-tahliliy markazining yetakchi iqtisodchisi.
Tovarnie sostavi na jeleznodorojnoy stansii Yanichkino - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Yangi supersikl: Neft bozorida beshinchi o‘sish to‘lqini boshlanadi
Neft kompaniyalari soliq bilan jilovlab turilmasa, qimmat xom ashyo qosh qo‘yish o‘rniga ko‘z chiqarishga qodir: iqtisodiyot diversifakatsiyasini sekinlashtiradi.
2021 yil budjetiga Urals evaziga 43,3 dollar kiritilgan. “Agar kam bo‘lsa, g‘azna zarar ko‘radi. Muvofiq chegara doirasi – 45,3 dan 80 gacha, budjet to‘ldirilishini saqlash va OPEK+da ishtirok etmaydigan mamlakatlarni nojo‘ya harakatga undamaslik, qazib chiqarishni ko‘paytirish uchun”, - deydi Maksim Chernyayev. Shu bilan birga Rossiya eksport nefti ketma-ket ikki hafta Yevropa 65 dollardan yuqori barqaror sotilmoqda. Oxirgi marta bunaqasi 2020-yil yanvarida bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0