Rossiya

Rossiya SWIFTdan uzib qoʻyiladimi – Kreml izohi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kreml har qanday sanktsiyalar tahdidlarini, shu jumladan Rossiyani SWIFTdan uzib qoʻyilishini istisno etmaydi – Peskov.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Kreml har qanday sanktsiyalar tahdidlarini, shu jumladan Rossiyani SWIFTdan uzib qoʻyilishini istisno etmaydi, deb aytdi jurnalistlarga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Siz raqiblarimizning, ayniqsa AQShning sanktsiyalarga intilishlari davom etayotganini koʻrmoqdasiz. Bu harakatlar asossiz va oldindan aytib boʻlmaydi", - dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, bu vaziyat ogoh boʻlishga majbur qiladi.
Bolshoy Kremlevskiy dvorets i Vodovzvodnaya bashnya Moskovskogo Kremlya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Rossiya
Kreml "Putin qasri" haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
SWIFT - bu toʻlovlarni amalga oshiradigan va maʼlumotlarni uzatish xalqaro banklararo tizim. Bunga 200 ga yaqin davlatlarda 11 mingdan ortiq yirik tashkilot ulangan.
Oʻtgan yil oxirida Reuters AQShning yangi prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Amerika hukumat idoralariga qilingan kiberhujumlarda qatnashgani uchun Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning turli variantlarini koʻrib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Eng jiddiy choralardan biri SWIFTdan uzib qoʻyish deb aytilayotgandi.
Rossiyani SWIFTdan uzib qoʻyish fikri Ukrainaning sobiq prezidenti, Donbassdagi vaziyatni hal qilish boʻyicha aloqa guruhi Kiyev delegatsiyasi rahbari Leonid Kravchuk ham ilgari surilgan.
Xavfsizlik Kengashi raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedevga koʻra, bunday uzib qoʻyish mumkin, ammo Rossiyada buning uchun harakat rejasi mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala