Jamiyat

Toshkentda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish 20 foizga koʻpaydi – Otabekov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya na Gange
Alleya na Gange - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Oʻtgan yilgi Toshkent shahridagi umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz boʻlsa, hozirgi kunda bu koʻrsatkich 25 foizdan ortib ketgan.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahrida bolalarning koronavirus bilan kasallanishi ulushi ortyapti. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bugun karantin qoidalarini oʻtgan yilgidek qatʼiy va keskin darajada qayta tiklashga biror asos yoʻq. Sababi kasallanish koʻrsatkichlari soʻnggi 3 oy ichida past darajalarda boʻlib kelgan. Hozir birmuncha yuqori boʻlsa ham, bu karantin cheklovlarini kuchaytirishga asos boʻladigan darajada emas.
Negaki kasallanish Toshkent hududi koʻproq qayd etilayapti. Bu hududda ham bolalar ulushi ortyapti. Oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz boʻlsa, hozirgi kunda bu koʻrsatkich 25 foizdan ortib ketdi.
Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari
Otabekov shuning uchun ham Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi maktablar taʼlimi onlayn tartibiga oʻtkazilganini taʼkidladi. Hozir taʼtil davom etayapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq boʻlishni rejalashtirilgan.
“Mabodo vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarmasa, taʼtillar muddatini uzaytirish masalasini oʻylab koʻramiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Probirka s krovyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Jamiyat
Toshkentda COVID-19 keng tarqalishi sabablari sanab oʻtildi
SVV vakili karantin hali bekor qilinmagani, eng muhim va birlamchi himoya usullari hamon amalda ekanini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala