Hodisalar

Toshkentda “Spark” haydovchisi urib yuborgan ikki ayoldan biri vafot etdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishMedsestra ustanavlivayet kapelnitsu
Medsestra ustanavlivayet kapelnitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
32 yoshli “Spark” haydovchisi yoʻlni piyodalar oʻtish yoʻlagidan kesib oʻtayotgan piyodalarni urib yuborgan.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkentda haydovchi ikki ayolni urib yubordi. Ulardan biri natijada vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
Hodisa 18 mart kuni taxminan soat 18:30 larda Mirobod tumanidagi Zarafshon va Islom Karimov koʻchalarining kesishmasida roʻy bergan. 32 yoshli “Spark” haydovchisi yoʻlni piyodalar oʻtish yoʻlagidan kesib oʻtayotgan piyodalar 30 yoshli B.R. va 23 yoshli N.A.ni urib yuborgan.
Skoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2020
Hodisalar
Namanganda "Neksiya" haydovchisi 6 yashar qizaloqni urib yubordi, norasida halok boʻldi
Ikkala piyodalar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 20 mart kuni piyodalardan biri B.R. muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala