Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Ikki kishi 17 nafar fuqaroga har biri 1300 dollar boʻlgan soxta aviachiptalar tayyorlab bergan. Shu tariqa 22 100 dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Buxoroda 17 nafar fuqaroga soxta aviachiptalar tayyorlab bergan firibgarlar ustidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, S.S. va S.R. 17 nafar fuqaroni aldab, Rossiya hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirgan. Har biridan 1 300 dollar olib, “Buxoro-Moskva” (Jukovskiy aeroporti) charter aviareysiga soxta chiptalarni tayyorlab bergan. Shu tariqa ular 22 100 dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2021
Rossiyaga soxta maʼlumotnoma evaziga odam kiritgan shaxs qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda firibgarlikda gumon qilinayotgan ushbu shaxslar qoʻlga olingan.
Mazkur holat Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala