Iqtisod

Elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik toʻlov joriy etilishi mumkin

Linii elektroperedach - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Oʻzbekistonda yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash tartibida oʻzgarish yuz berishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda elektr tarmoqqa ulanish uchun bir martalik toʻlov joriy qilinishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining muhokamaga qoʻyilgan qaror loyihasida kelgusida maishiy isteʼmolchilardan tashqari quvvati 20 kVtgacha hamda quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan yangi isteʼmolchilarni tarmoqqa ulash uchun bir martalik toʻlov joriy etish koʻzda tutilmoqda.
Qaror bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanadi va 2021 yil 1 avgustdan boshlab kuchga kiritiladi.
Lampochka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Jamiyat
Elektr energetika sohasidagi standartlar qayta koʻrib chiqilmoqda
Reglamentga muvofiq, isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash bosqichlari ulangan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarda toʻrttadan bittaga va 50 kVtdan yuqori isteʼmolchilarda toʻrttadan ikkitaga tushirish rejalashtirilmoqda. Ulashning barcha bosqichlari toʻliq raqamlashtirilgan holda ELEKTR dasturiy taʼminoti hamda davlat xizmatlari markazlari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali amalga oshiriladi.
Loyihaga koʻra, quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tayyor holda elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (HETK)ga BHMning 30 baravari (7,35 mln soʻm) miqdorida bir martalik toʻlovni amalga oshiradi. Korxona elektr tarmogʻiga 10 ish kuni davomida ulanadi.
Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha HETKga BHMning 60 baravari (14,7 mln soʻm) miqdorida bir martalik toʻlovni amalga oshiradi, elektr taʼminoti shartnomasini (oferta) imzolaydi va isteʼmolchi 20 ish kuni muddatda elektr tarmoqlariga HETK tomonidan ulab beriladi
HETKga toʻlanadigan bir martalik toʻlov summasi quyidagicha taqsimlanadi:
97 foizi – HETKning bank hisobvaragʻiga;
2 foizi – “Oʻzenergoinspektsiya” bank hisobvaragʻiga;
1 foiz – tanlov savdolari yakunida gʻolib boʻlgan, onlayn platforma yaratgan tashkilot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
2021 yil 22 mart holatiga BHM – 245 ming soʻmni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala