Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Fizika fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflar 175 ta maktabda tashkil etiladi

© Sputnik / Artem JitenevUrok fiziki
Urok fiziki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
2021–2022 yillarda bosqichma-bosqich respublika hududlarida fizika faniga ixtisoslashtirilgan jami 28 ta tayanch maktabi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021–2023 yillarda fizika fanlari boʻyicha taʼlim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (Kompleks dastur) tasdiqlandi.
Matematicheskiye formulы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2020
Jamiyat
Xorazmda Xalqaro fizika-matematika maktab-internati tashkil etildi
Fizika fani boʻyicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish Kompleks dasturning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2021–2022 yillarda bosqichma-bosqich respublika hududlarida fizika faniga ixtisoslashtirilgan jami 28 ta tayanch maktabi tashkil etilib, ularga tegishli OTMning kafedralari biriktiriladi.
Shuningdek, 2021–2023 yillarda jami 175 ta maktabda fizika fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflar tashkil etiladi.
2021/2022 oʻquv yilidan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida fizika fani kengroq oʻqitiladigan variativ oʻquv rejasi joriy qilinadi;
ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fani tayanch oʻquv rejada belgilangan oʻquv soatlar doirasida haftasiga 3 soatdan oʻqitiladi.
2021 yil 1 oktyabrgacha fizika fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv modullari ishlab chiqiladi.
2022 yil 1 yanvargacha:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEM” fizika klublari tashkil etiladi;
-fizika fanidan bilimlarni baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
- 2021/2022 oʻquv yilidan tajriba-sinov tariqasida 20 ta umumtaʼlim muassasasida “virtual laboratoriya” loyihasi taʼlim jarayoniga tatbiq etiladi.
2022 yil 1 sentyabrdan ixtisoslashtirilgan maktablarning fizika fani boʻyicha milliy sertifikatlash tizimida maksimal ballning 70 va undan yuqori foizini toʻplagan fizika fani oʻqituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama haqi 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala