Dunyoda

Frantsiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi

© AFP 2018 / JUSTIN TALLISVaktsina AstraZeneca
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Frantsiyada talaba AstraZeneca bilan emlanganidan bir necha kun oʻtgach vafot etdi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Frantsiyada talaba AstraZeneca bilan emlanganidan bir necha kun oʻtgach vafot etdi. Tibbiyot idoralari oʻlim sabablarini tekshirmoqda, deb xabar qildi Dori vositalari xavfsizligi milliy agentligi (ANSM). RIA Novosti xabariga asosan.
"Tromboembolik muammolarni chuqur kuzatishimiz doirasida biz AstraZeneca vaktsinasi bilan emlanganidan bir necha kun oʻtgach, 24 yoshli yigitning oʻlimi haqida xabar oldik ... Ushbu holat yuzasidan mintaqaviy farmakologik nazorat markazlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Tartibga soluvchi organ hozircha bu holatni vaktsinadan foydalanish bilan bogʻlash uchun hech qanday asos yoʻqligini taʼkidlamoqda.
Mahalliy Sud Ouest gazetasi yozishicha, Nant shahridan tibbiyot oliygohida tahsil olayotgan talaba haqida gap ketmoqda. U 8 mart kuni emlangan, oʻn kundan keyin oʻz uyida vafot etdi. Taʼkidlanishicha, yigitning sogʻligʻida jiddiy muammo boʻlmagan, u sport bilan shugʻullangan.
Nant prokuraturasi murdani sud-tibbiy ekspertizasi oʻlimga tromboz tufayli qon quyilishi sabab boʻlganligini koʻrsatdi, deb yozadi gazeta.
Avvalroq, YEIning bir qator davlatlari AstraZeneca vaktsinasini ehtiyot chorasi sifatida emlangan kishilarda tromboz holatlari haqida xabarlar paydo boʻlgani uchun bu vaktsinadan foydalanishni toʻxtatishga qaror qilishdi. Frantsiya bu qarorni 15 mart kuni eʼlon qildi. Uch kundan soʻng Frantsiya bosh vaziri Jan Kasteks Yevropa Dori-darmon agentligi (YEMA)ning AstraZeneca vaktsinasi xavfsizligi boʻyicha xulosalariga asoslanib, preparatni qoʻllash qayta tiklanishini eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala