Fransiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi

© AFP 2023 / JUSTIN TALLISVaksina AstraZeneca
Vaksina AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Fransiyada talaba AstraZeneca bilan emlanganidan bir necha kun o‘tgach vafot etdi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Fransiyada talaba AstraZeneca bilan emlanganidan bir necha kun o‘tgach vafot etdi. Tibbiyot idoralari o‘lim sabablarini tekshirmoqda, deb xabar qildi Dori vositalari xavfsizligi milliy agentligi (ANSM). RIA Novosti xabariga asosan.
"Tromboembolik muammolarni chuqur kuzatishimiz doirasida biz AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan bir necha kun o‘tgach, 24 yoshli yigitning o‘limi haqida xabar oldik ... Ushbu holat yuzasidan mintaqaviy farmakologik nazorat markazlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Tartibga soluvchi organ hozircha bu holatni vaksinadan foydalanish bilan bog‘lash uchun hech qanday asos yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Mahalliy Sud Ouest gazetasi yozishicha, Nant shahridan tibbiyot oliygohida tahsil olayotgan talaba haqida gap ketmoqda. U 8-mart kuni emlangan, o‘n kundan keyin o‘z uyida vafot etdi. Ta’kidlanishicha, yigitning sog‘lig‘ida jiddiy muammo bo‘lmagan, u sport bilan shug‘ullangan.
Nant prokuraturasi murdani sud-tibbiy ekspertizasi o‘limga tromboz tufayli qon quyilishi sabab bo‘lganligini ko‘rsatdi, deb yozadi gazeta.
Avvalroq, YeIning bir qator davlatlari AstraZeneca vaksinasini ehtiyot chorasi sifatida emlangan kishilarda tromboz holatlari haqida xabarlar paydo bo‘lgani uchun bu vaksinadan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilishdi. Fransiya bu qarorni 15-mart kuni e’lon qildi. Uch kundan so‘ng Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks Yevropa Dori-darmon agentligi (YeMA)ning AstraZeneca vaksinasi xavfsizligi bo‘yicha xulosalariga asoslanib, preparatni qo‘llash qayta tiklanishini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0