Jamiyat

Iliq va yomgʻir: hafta davomida kutiladigan ob-havo haqida maʼlumot berildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, 23 mart kuni yomgʻir yogʻadi. 24-25 martda ob-havo kunduz kunlari 20-25° iliq atrofida boʻladi. Juma kuni yana yomgʻir yogʻishi mumkin.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston hududiga deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Buning natijasida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20° iliqdan yuqori boʻlmaydi.
24-25 martda mamlakat hududiga iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Shu kunlarda yogʻingarchilik ehtimoli kam boʻladi. Havo harorati kechalari 8-13° iliq, kunduz kunlari 20-25° iliq atrofida boʻlishi kutilmoqda.
26-27 martda respublikaga Kavkaz hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi. Buning hisobiga baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari 8-13° iliq, kunduz kunlari 17-22° iliq atrofida boʻlishi kutilmoqda.
Baʼzi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala