Iliq va yomg‘ir: hafta davomida kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 23-mart kuni yomg‘ir yog‘adi. 24-25 martda ob-havo kunduz kunlari 20-25° iliq atrofida bo‘ladi. Juma kuni yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekiston hududiga deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Buning natijasida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
24-25 martda mamlakat hududiga iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Shu kunlarda yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi. Havo harorati kechalari 8-13° iliq, kunduz kunlari 20-25° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
26-27 martda respublikaga Kavkaz hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi. Buning hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 8-13° iliq, kunduz kunlari 17-22° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0