Siyosat

Qirgʻiziston maxsus xizmati rahbari Toshkentga keldi

Kamchыbek Tashiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Maʼlum boʻlishicha, Qirgʻiziston maxsus xizmati rahbari tashrifidan maqsad - chegara delimitatsiyasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Japarovni Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida mamlakatlar bu boradagi ishlarni jadallashtirish boʻyicha kelishib olishgan
TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev ikkala davlat oʻrtasidagi chegara delimitatsiyasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekistonga uchdi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati matbuot-xizmati.
Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Siyosat
Qirgʻizistonda Soʻx anklaviga oʻtish tartibi tushuntirildi
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Qirgʻiziston hukumat delegatsiyasining rahbari, Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi, general-leytenant Kamchybek Tashiyev Toshkent shahriga ( Oʻzbekiston Respublikasi) 22 mart kuni qirgʻiz-oʻzbek chegarasi boʻyicha qoʻshma muzokaralar olib borish uchun yoʻl oldi", - deyiladi xabarda.
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Hodisalar
“Soʻx voqeasi” ishtirokchilariga jazo tayinlandi
Tashrif chogʻida Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Yigʻilish Toshkent shahrida 24-25 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.
Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Kolumnistlar
Ekspert Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi haqida: bu hozircha shunchaki kuzatuv
Eslatib oʻtamiz, mamlakatlar ushbu yoʻnalishdagi ishlarni 11-12 mart kunlari Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida faollashtirishga kelishib oldilar.
Hozirda qirgʻiz-oʻzbek chegarasining 15 foizga yaqini delimitatsiya yoki demarkatsiya qilinmagan. Bahsli hududlar vaqti-vaqti bilan chegaraoldi hududlari aholisi uchun mojaro zonasiga aylanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala