Koronavirus: yangi holatlarning 85 foizi Toshkentda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii
Vrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 113 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 559 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 113 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 559 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2021
Koronavirus: 4ta hududda yangi holatlar – eng ko‘p Toshkentda

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 79 949 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foiz.
Ayni paytda 842 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 123,2 milliondan oshdi, 2,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (29,8 mln), Braziliyada (11,9 mln), Hindistonda (11,6 mln).
Yangiliklar lentasi
0