Lavrov: Yevroittifoq bilan munosabatlar yo‘q qilingan

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabariga ko‘ra, Kreml Moskvaga qarshi qo‘llanilayotgan sanksiyalar o‘z maqsadiga yeta olmayotganiga shubha qilmaydi.
TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Moskvaning Yevropa Ittifoqi bilan tashkilot sifatida aloqasi yo‘q, ularni Brussel yo‘q qildi, deya bayonot qildi TIV rahbari Sergey Lavrov xitoylik hamkasbi Van I bilan muzokaralardan so‘ng.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Bemor AQSh maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi — Putin Navalniy haqida
"Agar Yevropa ko‘p yillar davomida vujudga keltirilgan mexanizmlarni shunchaki barbod qilib, bu munosabatlarni uzib tashlagan bo‘lsa, hozir faqatgina Yevropaning alohida davlatlari, ya’ni o‘z milliy manfaatlarini dasturilamal qilishni xohlagan sheriklargagina egamiz. Ehtimol, aynan shu bizning Xitoy bilan munosabatlarimiz Yevropa mamlakatlaridan qolgan munosabatlarga nisbatan tezroq rivojlanayotganiga olib kelmoqda. Yana bir bor ta’kidlayman, Yevropa ittifoqi bilan tashkilot sifatida munosabatlarimiz yo‘q. Infratuzilmaning bori Brusselning biroqlama qarorlari bilan yo‘q qilingan”, - deya ta’kidladi Lavrov.
Vazir “Yevropa ittifoqi Rossiya bilan aloqalarda ushbu anomaliyani yo‘q qilishni maqsadga muvofiq deb topgan taqdirda ham”, Moskva bunday bo‘lgan taqdirda ham teng huquqlilik asosida, muvozanatni izlash orqali bu munosabatlarni rivojlantirishga tayyor bo‘ladi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchashimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
"Ammo hozircha g‘arbiy frontda bizda o‘zgarishlar yo‘q ekan, Sharqda kun tartibimiz jadallashib, yiliga sayin tobora boyib bormoqda”, - deya xulosa qildi Lavrov.
So‘nggi vaqtlarda Yevropa ittifoqining Rossiya bilan munosabatlari “Navalniy ishi” tufayli ziddiy tus oldi. YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Rossiya TIV bu sanksiyalarni “boshi berk ko‘chaga olib kiruvchi va noqonuniy yo‘l bilan kiritilgan”, deya baholadi va ularga javob qaytarishga va’da berdi.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabariga ko‘ra, Kreml Moskvaga qarshi qo‘llanilayotgan sanksiyalar o‘z maqsadiga yeta olmayotganiga shubha qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0