Jamiyat

Markaziy Osiyoda fuqarosizlik muammosini tugatish masalalari muhokama etiladi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishTsentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmanistonning tegishli davlat organlarining fuqaroligi yoʻq shaxslar masalalari bilan shugʻullanadigan idoralari vakillari ishtirok etishadi
TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. 26 mart kuni Oʻzbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda fuqaroligi yoʻq shaxslar sonini kamaytirish va bu muammoning oldini olishga bagʻishlangan mintaqaviy davra suhbati boʻlib oʻtadi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz matbuot-xizmati xabar berdi.
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2017
Jamiyat
Fuqaroligi boʻlmagan 100dan ortiq shaxsga Oʻzbekiston fuqaroligi berildi
Onlayn-muhokama BMT Inson huquqlari boʻyicha Kengashining 46-sessiyasida ilgari surilgan Oʻzbekiston prezidentining tashabbuslarini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish, shuningdek BMT Bosh kotibi Antoni Guterrishning fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sonini kamaytirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishga chaqirigʻini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilmoqda.
Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmanistonning tegishli davlat organlarining fuqaroligi yoʻq shaxslar masalalari bilan shugʻullanadigan idoralari vakillari, shu jumladan, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya, davlat migratsiyasi va roʻyxatga olish xizmatlari, Davlat statistika qoʻmitalari, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtiroki kutilmoqda.
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi belgilandi
Davra suhbatining maqsadi fuqarosizlik masalasini kamaytirish va oldini olish sohasidagi xalqaro standartlarni qayta koʻrib chiqish, fuqaroliksizlikni tugatish boʻyicha #IBelong global kampaniyasi doirasida Markaziy Osiyoda fuqarosizlikn yoʻq qilishga qaratilgan umumiy taraqqiyotni baholash, Oliy darajadagi natijalarni koʻrib chiqish.
Mintaqadagi ilgʻor tajribalar va muhim yutuqlar bilan oʻzaro tajriba almashish, shuningdek mavjud kamchiliklar va zarur qonunchilikdagi oʻzgartirishlarni muhokama qilish, zamonaviy darajaga toʻgʻri kelmaydigan amaliyotlarni qayta koʻrib chiqish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala