Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Shuhrat Xolmuhammedov mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Shuhrat Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shuningdek, polkovnik Xolmuhammedovga prezidentning tegishli farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berilgan.
Tayinlovga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari, mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari va boshqa lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, polkovnik Shavkat Mamajonov Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tegishli farmonlarga davlat rahbari imzo chekkan.
Yangiliklar lentasi
0