Kolumnistlar

“Ogʻir munosabatlar”. Nega Rossiya elchisi AQShga qaytishi lozim

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii i SSHA v aeroportu "Vnukovo-2"
Flagi Rossii i SSHA v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Baydenning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qarshi dahanaki hujumidan soʻng Moskva Vashingtondagi elchisini chaqirtirib oldi. Bunaqasi sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga kiritilgandan buyon kuzatilmagandi. Endi okeanning har ikki tomoni taxmin qilmoqda, davlat rahbarlarining omma oldidagi muloqoti, ularning yakkaka yakka suhbati boʻlishi mumkinmi yoki yoʻq. Ikki tomonlama munosabatlarni nimalar kutmoqda. Buni RIA Novosti oʻrgandi.

Elchi uyga yoʻl oldi

Rossiyaning Vashingtondagi vakili Anatoliy Antonov Moskva maslahatlashish uchun uchib keldi. “Ular qancha kerak boʻlsa, shuncha choʻziladi”, deya taʼkidladi Rossiya TIV. TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova oxirgi marta Rossiya elchisi oʻz vakolatlari yakunlanguniga qadar Qoʻshma Shtatlar poytaxtini qachon tark etganini hatto eslay olmadi. Ustiga ustak, Antonov vatanda barcha zaruriy masalalarni maslahatlashib olgandan keyingina Vashingtonga qaytadi.
Dushanba kuniyoq ular TIVda muhokama qilindi. Asosiysi – bitta. “Vashington tomonidan soʻnggi paytlarlda, aslida, boshi berk koʻchaga kiritilgan ogʻir ahvolda qolayotgan Rossiya-Amerika aloqalari vaziyatini toʻgʻirlash yoʻlini qanday belgilab olish”?
Rossiya-AQSH munosabatlari inqiroz yoqasida
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Video
Rossiya-AQSH munosabatlari inqiroz yoqasida
“Katta ish oldinda turibdi, - dedi Antonovning oʻzi. – Biz tushib qolgan vaziyatni tahlil qilish zarur. Rossiya tomoni bir necha marotaba biz amerikalik hamkasblarimiz darajasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidlagan. Hozir shunchalik aniqlashtirib olmoq darkor”.
Moskvada ikki tomonlama munosabat taftish qilinayotgan vaqtda Bayden rossiyalik hamkasbi bilan “biror bir payt” shaxsan suhbatlashish, qulay fursat kelganda esa shaxsan uchrashish istagini bildirdi.
Shu bilan birga Oq uy yana eslatmoqda: yangi maʼmuriyatning Rossiya bilan munosabati oldingi toʻrt yilga qaraganda umuman boshqacha boʻladi. “Jo Bayden biz yomon niyatdagi qilingan deb hisoblayotgan xatti-harakatlardan xavotirni tutib turishni rejalashtirmayapti – xoh bu 2020 yilgi saylovlarga aralashish yoki Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqadorlik, amerika askarlari haqidagi maʼlumot uchun (Afgʻonistondagi) mukofot pul yoki “SolarWind” kiberhujumi boʻlsin”, -dedi matbuot kotib Jen Psaki. Xuddi shu payt Davlat departamenti Moskva bilan amerika manfaatlariga javob beradigan sohalarda hamkorlik qilishga shaylikligini bildirdi.

Xavfsizlik sari

Hamkorlik uchun sohalar unchalik koʻp emas. Baydenning yagona tezkor vazifasi koʻp aziyat chekkan Strategik hujumkor qurollanish toʻgʻrisidagi shartnomani uzaytirish edi. Tramp jamoasi bilan muzokaralar ogʻir kechdi, amerika tomoni qoʻshimcha shartlar va unga Xitoyni jalb qilish kerak deb turib olgandi. Xitoy oʻz navbatida bundan keskin bosh tortib keldi.
Bayden vaʼda qilgandek, birinchi navbatda SNV-3 shartnomasini besh yilga uzaytirish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu keyingi muzokaralar uchun zamin boʻladi.
Yangilik, albatta, yaxshi, ammo muammolar baribir boʻladi, deb hisoblaydi Andrey Baklitskiy, MGIMO katta ilmiy xodimi. Birinchidan, shartnoma muddati atigi besh yilga uzaytirilgan va hujjatning keyingi taqdirini muhokama qilishga har holda toʻgʻri keladi. “Shartnoma mudofaa qurollanishni emas, strategik hujumkorlikni tartibga soladi, oʻrta va qisqa uzoqliklar tizimlar, kosmosni tartibga solmaydi. Umuman olganda, koʻp narsa pardo ortida qoladi”, - deya tushuntiradi ekspert.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Kolumnistlar
Bayden kimning qoʻgʻirchogʻi
Endi umid AQSH jamoasini shakllantirishi bilanoq muzokaralar davom ettirilishiga. Qurollanish ustidan nima qilish qilish kerakligini hal qilish lozim. “Strategik yadroviy kuchlar bilan nima qilish kerak, keyin roʻyxatga qarab”, - deya aniqlik kiritdi Baklitskiy.
Moskva yangi xavfsizlik tenglikni ishlab chiqish, unga barcha hujumklr va mudofaa yadroviy va noyadroviy qurollanishni kiritishni taklif qilmoqda. U xavfsizlik sohalarining ham harbiy-texnik, ham harbiy-siyosiy evolyutsiyasini inobatga olmogʻi darkor. Boshqacha qilib aytganda, muammo kompleks koʻrib chiqish, qaysi omillar nimaga taʼsir koʻrsatayotgani anglash va bularni muvozanatni yoʻlga qoʻyishda inobatga olish zarur.
“Masalan, agar bizda strategik kuchlarni qisqartirish ketayotgan boʻlsa, ularni tahdid ostiga qoʻyish va raketaga qarshi mudofaa tizimni koʻpaytirish kerak emas, - deya davom ettiradi ekspert. – Oʻshanda umumiy tushunishga erishamiz, aniq holatlarni muhokama qilish maʼnoga ega. Hozircha aynan qandayligi noaniq. Ehtimol, bu qator alohida kelishuvlar boʻladi, PRO, oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar, kosmosga oid”.

Qurollanish doirasidan tashqari

Hamkorlik uchun boshqa sohalar ham bor: tinch koskom, iqlim oʻzgarishi, Yaqin Sharq, Arktikadagi hamkorlik, yuqumli kasalliklar. Ammo oʻtgan yil koʻrsatdi: jahon pandemiyasi aloqalarning kengaytirishga koʻmaklashmaydi.
Shu bilan bir paytda Vashingtonning Kremlga qarshi sanktsiya siyosati kutilgandek faollashdi. Buning ustiga qulay bahona bor. Davlat departamenti Rossiyaning sudining Aleksey Navalniy yuzasidan chiqargan qarorini qattiq tanqid qildi va uni huquq buzilishi va "siyosiy plyuralizmga bosim" deb hisobladi.
Cheklov choralari oʻzini kuttirib qoʻymadi. Mart boshida Shtatlar Navalniy ishi tufayli 14 ta tashkilotni qora roʻyxatga kiritdi. Ularning bari, Oq uy taʼkidiga koʻra, “biologik va kimyoviy qurol ishlab chiqarishning turli jabhalariga” jalb qilingan. Sanktsiyalar yetti nafar rossiyalik amaldorlarga qarshi ham qoʻllanilgan.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Rossiya
AQShning Rossiya bilan hisoblashishiga toʻgʻri keladi – Putin
Vashington, agar munosabatlarni rivojlantirishga qiziqish bildirgan boʻlsa, juda tanlab-tanlab olgan, deb hisoblaydi Xalqaro ishlar boʻyicha Rossiya kengashi bosh direktori Andrey Kortunov. SNV-3ni muhokama qilish fonida yangi prezidentning lavozimini bajarishga kirishishidan soʻng izchil maslahatlashuvlar va oldinga siljishga umid hali ham bor edi. Lekin, ekspertning fikriga koʻra, hozir hammasi ayon: yangi maʼmuriyatning Moskva bilan munosabatlarni tiklash niyati yoʻq. Baydan bayonoti va elchining chaqirtirilib olishi bilan bogʻliq janjal – bu yanada jiddiyroq muammolarning natijasi, xolos.
“Menimcha, bu yerda birlamchi, Amerika maʼmuriyati Moskva bilan jiddiy muloqotda ehtiyoj sezmayapti, - deydi Kortunov. Xitoy bilan uchrashishdi (19 mart kuni Alyaskada yuqorida darajadagi uchrashuv boʻlib oʻtdi – tahr.)”, muvaffaqiyatli boʻlmasada, muzokaralar boʻlib oʻtdi. Bu hamkorlik qilish istagidan dalolat beradi. Rossiya yoʻnalishida bu yoʻq”.
Ayrimlar Baydenning soʻzlariga xohnahoy ichki auditoriyaga yoʻllangan edi hisoblashmoqda. Ehtimol, shundaydir ham, deya fikr bildiradi ekspert. Aytishadiki, u janjalkash emas, oʻzaro yon bosishga moyil, bundan tashqari yoshi bir joyga borib qolgan, shuning uchun Rossiya prezidenti eskalatsiya strategiyasini oʻtkazadi va hamkasbini sinaydi. “Agar bu shunday boʻlsa va AQsh yetakchichi ham shunday hisoblasa, unda uning joʻrttaga keskin va hatto dagʻalona gapi u bilan bu sahna oʻtmasligini namoyish bilan bogʻliq”, - deya tushuntiradi Kortunov.
Natijada eng dolzab masala – qurollanish ustidan nazorat – bir muddatga chetga surilgan. Yaqin besh yil ichida bunga qaytiladi, va Oq uyning Rossiyaga bundan keyin muloqot qanday borishini koʻrsatishga vaqti boʻladi. Hozirgi janjal munosabatlarning keskin yomonlashishini keltirib chiqarishi dargumon. Axir u ikki tomonlama aloqalarning qay holga kelib qolganining oqibatidir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala