Jamiyat

Birinchi apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Oʻzbekistonda ommaviy vaktsinatsiya 1 apreldan boshlanadi
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlanadi, deb aytdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov.
Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.
Oʻzbekistonga 17 mart kuni 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasi olib kelingan. Respublika Rossiya Federatsiyasidan “Sputnik V” vaktsinasini xarid qiladi, hozirgi vaqtda 1 million doza uchun shartnoma tuzish ishlari olib bormoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsina yaqinda Xitoy hukumati tomonidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berildi. Bu vaktsina respublikada roʻyxatga olingan. Undan ham emlash jarayonida qoʻllaniladi.
Otabekovga koʻra, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori boʻlgan quyidagi shaxslarni emlash nazarda tutiladi: 65 yoshdan oshgan keksalar; surunkali kasalliklari bor shaxslar; tibbiyot xodimlari; maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalari xodimlari; aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala