Rossiya

Oʻzbekistonlik goʻzal birinchi vitse-miss unvoniga sazovor boʻldi

© Instagram / modeli_kyrgyzstanaKыrgыzstanka stala prizerom konkursa "Krasavitsa Nooruza — 2021" v Kazani
Kыrgыzstanka stala prizerom konkursa Krasavitsa Nooruza — 2021 v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Oʻzbekistonlik goʻzal Qozondagi tanlovda birinchi vitse-miss unvoniga sazovor boʻldi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Oʻzbekistonlik Yuliya Kim Qozonda oʻtkazilgan “Navroʻz goʻzali-2021” tanlovida birinchi vitse-miss unvoniga sazovor boʻldi, deb xabar qildi "Tatar-inform" portali.
Navroʻz bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tanlovda Tatariston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Boshqirdiston qizlari ishtirok etdi.
Qozon shahrida Miss Tatariston - 2021 goʻzallik tanlovi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Rossiya
Tatariston eng goʻzali: toj kimga nasib qildi - foto
Tanlov gʻoliblikni qozogʻistonlik Karina Kabdullina qoʻlga kiritdi. Qirgʻizistonlik Diana Zulpuyeva ikkinchi vitse-miss unvoniga loyiq deb topildi.
Tataristonlik Kamilla Ravilova bayramning eng kamtar goʻzali deb topildi. Tojikistonlik Sabrina Borzova “eng maftunkor” maqomini oldi. Boshqirdistonlik Yana Anvarova “tomoshabin muhabbati” nominatsiyasida gʻolibasiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala