Rossiya

Patrushev: migrantlar oqimi Uralda islomiy radikallar faollashuviga olib kelmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Patrushevning taʼkidlashicha, 2017 yildan Ural okrugida 26dan ziyod terroristik tashkilotlar yacheykalari aniqlangan, ekstremistik jinoyatlar soni esa 2,5 barobar oshgan.
TOSHKENT, 23 mar – Sputnik. Chet ellik mehnat migrantlarining nazoratsiz oqimda kirib kelishi Uralda islomiy radikallar va ular yacheykalarining faollashuviga olib kelmoqda, deb bayonot qildi RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.
Shuningdek, bu holat Uraldagi terrorchilik tashkilotlarining "uyqudagi" yacheykalari soni oshishiga olib keladi, dedi Xanti-Mansiyskdagi Ural federal okrugi milliy xavfsizlikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda Patrushev.
Boyevoye primeneniye rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Siyosat
SHHT: maxsus xizmatlar 2 yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini maʼqullashdi
“Chet el mehnat migrantlari oqimining nazoratsiz koʻpayishi, shu jumladan, terroristik faollashuv darajasi yuqori boʻlgan davlatlardan ham, radikal islomiy tashkilotlarning “uyqudagi” yacheykalari shakllanishiga yordam bermoqda”, - dedi Patrushev.
Natijada, migrantlar koʻproq yashaydigan joylarda ziddiylashuv oʻchoqlari oshib bormoqda.
Uning eslatishicha, 2017 yildan Ural okrugida 26dan ziyod terroristik tashkilotlar yacheykalari aniqlangan, ekstremistik jinoyatlar soni esa 2,5 barobar oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala