Jamiyat

Prezident yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Press-slujba Soyuza pisateley UzbekistanaIzvestnыy detskiy pisatel Xudayberdы Tuxtabayev
Izvestnыy detskiy pisatel Xudayberdы Tuxtabayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Atoqli yozuvchi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Xudoyberdi Toʻxtaboyevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev shu yil 22 mart kuni 88 yoshida vafot etdi.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1932 yili 17 dekabrda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tugʻildi. 1955 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Madaniyat
Hoshimjonning oʻrnini Spaydermen egallab olsa-da, Toʻxtaboyev oʻz mavzusiga sodiq qoldi...
U oʻzining mehnat faoliyatini 1955 yilda oʻrta maktabda oʻqituvchi sifatida boshladi. Keyinchalik “Toshkent haqiqati”, “Sovet Oʻzbekistoni” (hozirgi “Oʻzbekiston ovozi”) gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, respublika yoshlar nashriyoti, “Gulxan” va “Yosh kuch” jurnallarida bosh muharrir lavozimlarida samarali mehnat qilib, milliy adabiyotimiz va matbuotimiz ravnaqiga salmoqli hissa qoʻshdi. Keyinchalik respublika “Isteʼdod” jamgʻarmasi hamda “Oltin meros” xalqaro xayriya fondining rahbari vazifalarida faoliyat olib bordi.
Katta bilim va tajribaga ega murabbiy adib sifatida uzoq yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalarga moʻljallangan “Oʻyla, izla, top!” dasturiga boshchilik qildi.
Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻzining chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy yuksak ijodi bilan oʻzbek bolalar adabiyotining zabardast namoyandasiga aylandi.
Isteʼdodli adib oltmish yildan ziyod davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida “Shoshqaloq”, “Soʻqmoqlar”, “Muhabbat qoʻshigʻi”, “Jonginam, shartingni ayt” singari hikoyalar toʻplamlari, “Sir ochildi”, “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” qissalari hamda “Sariq devni minib”, “Sariq devning oʻlimi”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yoʻllar”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Mungli koʻzlar”, “Jannati odamlar”, “Qiz talashgan oʻsmirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang” romanlarini yaratdi.
Xudayberdы Tuxtabayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Jamiyat
Madaniyat vaziri yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi
Ayniqsa, yozuvchining “Sariq devni minib” romani mamlakat va dunyo miqyosida juda katta shuhrat qozondi. Mazkur asar qirqdan ziyod xorijiy tillarga tarjima qilinib, millionlab nusxalarda chop etilgan.
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning oʻzbek adabiyoti va sanʼatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari, Oʻzbekiston Davlat mukofoti hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala