Dunyoda

Hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma "Davosskaya povestka dnya 2021"
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Vladimir Putin Rossiyada ishlab chiqarilgan uch vaktsinadan birini oladi. Vaktsinalash jarayoni kameralar oldida boʻlmaydi.
TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba, 23 mart kuni vaktsina oladi. Bu haqida prezidentning oʻzi 22 mart kuni Novo-Ogaryovo rezidentsiyasida boʻlib oʻtgan majlis vaqtida maʼlum qildi.

"Bugungi kunda Rossiyada 6,3 mln kishi vaktsinaning birinchi komponentini olgan va 4,3 mln kishi toʻliq vaktsinalangan. Bu Rossiya vaktsinasining mutlaq ishonchli ekanini tasdiqlaydi. Undan tashqari hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas. Bu bizning mutaxassislarimizning soʻzsiz muvaffaqiyatidir", - dedi Putin.

Rossiya prezidenti aynan qaysi vaktsina bilan emlanishi ham aniq aytilmagan. Prezident Rossiyada ishlab chiqarilgan uch preparatdan birini oladi, deyilgan xabarda.
Putinning vaktsina olish jarayoni kameralar oldida boʻlmaydi. Bu Rossiya prezidenti vaktsina olish jarayoni bilan boshqalarni undashga harakat qilmayotganidan darak beradi. Umuman, Rossiyada vaktsinalashga talab shundoq ham juda yuqori, dedi Dmitriy Peskov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala