Jamiyat

SSV: 1-apreldan ommaviy tadbirlar oʻtkazishga ayrim cheklovlar oʻrnatiladi

© AFP / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Respublika maxsus komissiyasi soʻnggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortganligi munosabati bilan mamlakatda keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida qator takliflarni maʼqulladi
TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi 1 apreldan boshlab ommaviy tadbirlar oʻtkazilishiga ayrim cheklovlar joriy etilayotganini maʼlm qildi.
Maʼlumki, Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorlashgan davrda qator yoʻnalishlarda karantin cheklovlari yumshatilgan edi.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Jamiyat
Birinchi apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlanadi
"Biroq ayni paytga kelib, kasallikka chalinganlar sonining oshishi hisobiga aholi gavjum boʻladigan tadbirlarni biroz cheklashni sharoit taqozo qilmoqda", - deyiladi xabarda.
Qator soha mutaxassislari va yetakchi olimlarning takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi soʻnggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortganligi munosabati bilan mamlakatda keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagi takliflarni maʼqulladi:
Joriy yilning 1 aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
- toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik nazoratni kuchaytirish va tashrif buyuruvchilar sonini 100 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazish;
- teatr, kino (kinoteatr) va kontsert-tomosha dasturlarini tashkil etishda: tomosha dasturlari oʻtkaziladigan saroylarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning qatʼiy niqobda (maskada) boʻlishlarini taʼminlash;
Italyantsы zapolnili restoranы pered lokdaunom
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Video
“Yeb olay”: italyanlar lokdaun arafasida restoranlarni toʻldirib yuborishdi
- tomosha dasturlari oʻtkaziladigan saroylarning tomoshabin sigʻimini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik;
- tomosha dasturlari oʻtkaziladigan saroylarning tomoshabin oʻrindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini taʼminlash; tomosha dasturlariga tashrif buyuruvchilarning tana xarorati nazoratini oʻrnatish hamda tana xarorati koʻtarilgan shaxslarni dasturga koʻymaslik; tomosha dasturlari oʻtkaziladigan saroylarda savdo shoxobchalari faoliyatini toʻxtatish (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno); tomosha dasturlari boʻyicha tarqatilayotgan (sotilayotgan) chiptalarga "Fakat sogʻlom boʻlsangizgina tashrif buyuring" yozuvini yozish orqali aholini ogohlikga chaqirish va boshqa tomoshabinlarga kasallik yuqib kolishining oldini olish choralarini koʻrish;
Bektemirskiy post GAI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Jamiyat
Karantin yana keskinlashadimi? Atabekov javobi
-tomosha dasturlari oʻtkaziladigan saroylarning kirish qismida tomoshabinlarning binoga tartibli kirishlarini taʼminlash maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kirish va chiqish yoʻlaklarini oʻrnatish tartibi belgilandi.
Tomosha dasturlari oʻtkaziladigan saroylarda karantin qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash boʻyicha masʼuliyat tashkilotchilar zimmasiga yuklatiladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi aholidan ayrim xorijiy mamlakatlarda bugungi kunda kuzatilayotgan koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mamlakatda shu kabi holatlarni qaytarilmasligi hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning faoliyatini tizimli tashkil etish uchun shaxsiy masʼuliyatni oshirishni soʻrab qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala