Hodisalar

Urganchda yarim yalangʻoch holda sumalak pishirganlarga jazo berildi

© Flickr / houstondwiPhotos mpNaruchniki odetыe na jenщinu
Naruchniki odetыe na  jenщinu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
“Sumalak bazmi” ishtirokchilari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan aybdor deb topilgan.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida yarim yalangʻoch holda sumalak pishirgan shaxslarga jazo tayinlandi.
Ish Jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahar sudida koʻrib chiqildi.
Huquqbuzar sifatida jalb etilgan xotin-qizlar va guvohlarning fikrlari eshitilgan. Ayollar oʻzining qonunga xilof xatti-harakatlarini tushunib yetganini va aybidan pushaymonligini maʼlum qilgan.
“Sumalak bazmi” ishtirokchilari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilgan. Ularning uch nafariga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, qamoqda saqlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun sutkasiga BHMning 15% miqdorida jami 551 200 soʻm undirilishi belgilandi.
Qolgan uch nafarining oilaviy ahvoli, farzandlari borligi inobatga olinib, BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortilgan.
Eslatib oʻtamiz, Urganch shahridagi “Saxara” kafesida bir guruh xotin-qizlarning yarim yalangʻoch kiyingan holda sumalak pishirishi jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab boʻlgan edi. Viloyat IIB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala