Dunyoda

Vyetnam “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga oldi

© Sputnik / Pavel Lvov / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik-V"
Vaktsina Sputnik-V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
“Sputnik V” umumiy aholisi 1,5 milliarddan ziyod boʻlgan mamlakatlarda maʼqullangan.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Vyetnam koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi “Sputnik V”ni roʻyxatga oldi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi xabar qildi.
Vaktsina tezlashtirilgan tartib doirasida (emergency use authorization, EUA) roʻyxatga olingan.
90 milliondan ziyod aholiga ega Vyetnam “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishga ruxsat bergan 56 mamlakat boʻldi.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Shu tariqa, “Sputnik V” umumiy aholisi 1,5 milliarddan ziyod boʻlgan mamlakatlarda maʼqullangan. Davlat regulyatorlari tomonidan maʼqullanish boʻyicha “Sputnik V” dunyoda ikkinchi oʻrinda.
Fevral oyining boshida obroʻli tibbiyot jurnali “Lancet” ilmiy jurnali “Sputnik V” vaktsinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini eʼlon qildi. Unda vaktsina 91,6% samaradorligi isbotlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala