Jamiyat

Yigirmaga yaqin hujjatning aholi va tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
18 turdagi maʼlumotlarni va hujjatlarni idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. “Aholi va tadbirkorlik subʼyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2021 yil 1 iyundan davlat xizmatlari koʻrsatish va ortiqcha tartib-tamomillarni qisqartirish boʻyicha quyidagi yengilliklar yaratilmoqda:
7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini (tugʻilish, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralish, oʻlim, ism va familiyani oʻzgartirish, otalikni belgilash hamda farzandlikka olishni) qayd etish;
nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYO bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar fuqarolardan talab qilinmasdan elektron tizimi orqali olinadi.
Tadbirkorlik subʼyekti boʻlgan yuridik shaxslarning vakiliga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yigʻim va davlat bojini naqd pul shaklida toʻlashga ruxsat berildi.
Shuningdek, xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimini akkreditatsiya qilishda OITS kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2019
Jamiyat
Yangi yildan boshlab 28 ta maʼlumotnoma soʻrash tartibi bekor qilindi
QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali berilgan hujjatlar boʻyicha ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilindi. Endilikda ushbu hujjatlarning dublikatini YAIDXP orqali bepul olish mumkin.
450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan 18 turdagi maʼlumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi. Ushbu hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan “Elektron hukumat” platformasi orqali olinadi.
18 turdagi maʼlumotlarni va hujjatlarni idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yoʻlga qoʻyiladi. Natijada aholining idorama-idora sarson boʻlib yurishi oldi olinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala