Bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib O‘zbekistonda yana kovid qurboni qayd etildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPalata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19
Palata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1010 nafar bemor davolanmoqda.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 119 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 81 678 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 1 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz – Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Otabekov: bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 623 nafarga yetdi. Qayd etish joizki, mamlakatda oxirgi qurbon 10-fevral kuni kuzatilgan edi.
Kasallikdan jami 80 045 (+96) kishi sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1010 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0