Inha universiteti onlayn ta’lim shakliga o‘tdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Universiteta Inxa v Tashkente
Zdanie Universiteta Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
Inha universitetida darslar oflayn tartibga o‘tkazildi, akademik jarayon to‘xtab qolgani yo‘q.
TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Toshkentdagi Inha universiteti onlayn ta’lim shakliga o‘tdi, deb xabar qilmoqda Oliygoh axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 2-kurs talabasida koronavirus aniqlangani sababli butun universitet masofadan turib ta’lim olish jarayoniga o‘tgan, akademik jarayon to‘liq davom etmoqda.
So‘nggi yil davomida universitetda masofaviy ta’lim berishning samarali uslublari ishlab chiqilgan va barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud.
Xabarda aytilishiga ko‘ra universitetda onlayn ta’lim darajasi an’anaviy ta’lim darajasiga yetkazilgan.
Talabalar oraliq imtihonlarni oflayn topshirishlari ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0