O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi tayinlandi

© Sh.Asadov/TwitterSherzod Asadov
Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Sherzod Asadov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, prezident matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov xabar qildi.
Asadov bunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi va muvaqqat ishlari vakili, O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi hamda mamlakatning YeXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili sifatida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0