Migratsiya

YEOII fuqarolari ham biometriya topshirishi majburiy boʻladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishProtsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga
Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Rossiyaga uzoq muddatga kelayotgan YEOII davlatlari fuqarolari ham biomteriya topshirishi va tibbiy koʻrikdan oʻtish majburiy boʻladi.
TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi YEOII davlatlaridan Rossiyaga kelayotgan migrantlar uchun biomterik maʼlumotlar topshirish va tibbiy koʻrikdan oʻtish majburiyati toʻgʻrisidagi qonunni birinchi oʻqishda tasdiqladi.
Hukumat tomonidan 2021 yil boshida taqdim etilgan yangi qonun. YEOII davlatlaridan Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelayotgan fuqarolar uchun biomterik maʼlumotlar topshirish va tibbiy koʻrikdan oʻtish majburiyatini belgilaydi.
Ushbu qonun voyaga yetmagan bolalar va imkoniyati cheklangan fuqarolar hamda 65 yoshdan oshgan erkaklar va 60 yoshdan oshgan ayollar uchun amal qilmaydi.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra bunday qonun Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan mehnat migrantlarining oqimi kamayishiga olib kelmaydi.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan YEOII davlatlari fuqarolari patent yoki boshqa hujjatlar rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala