YeOII fuqarolari ham biometriya topshirishi majburiy bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishProtsedura snyatiya biometricheskix dannix v vizovom sentre Sankt-Peterburga
Protsedura snyatiya biometricheskix dannix v vizovom sentre Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaga uzoq muddatga kelayotgan YeOII davlatlari fuqarolari ham biomteriya topshirishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiy bo‘ladi.
TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi YeOII davlatlaridan Rossiyaga kelayotgan migrantlar uchun biomterik ma’lumotlar topshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiyati to‘g‘risidagi qonunni birinchi o‘qishda tasdiqladi.
Hukumat tomonidan 2021-yil boshida taqdim etilgan yangi qonun. YeOII davlatlaridan Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelayotgan fuqarolar uchun biomterik ma’lumotlar topshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiyatini belgilaydi.
Ushbu qonun voyaga yetmagan bolalar va imkoniyati cheklangan fuqarolar hamda 65 yoshdan oshgan erkaklar va 60 yoshdan oshgan ayollar uchun amal qilmaydi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra bunday qonun Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan mehnat migrantlarining oqimi kamayishiga olib kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan YeOII davlatlari fuqarolari patent yoki boshqa hujjatlar rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
Yangiliklar lentasi
0