Hodisalar

Rossiyadan qaytgan fuqaroda taqiqlangan diniy materiallar aniqlandi

© pixabayPassajirы v aeroportu
Passajirы v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Fuqaro oʻzining “Xiaomi” va “Samsung” smartfonlari xotirasida norasmiy diniy tashkilotlarga taalluqli boʻlgan materiallarni saqlagan.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Toshkent aeroportida taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
Organ xodimlari Sankt-Peterburg-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan 21 yoshli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida roʻyxatda turuvchi X.F. bilan profilaktik suhbat oʻtkazgan.
Suhbat natijasida u Rossiyada ishlashi davomida terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushib, ularning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashi aniqlangan. U oʻzining “Xiaomi” va “Samsung” smartfonlari xotirasida norasmiy diniy tashkilotlarga taalluqli boʻlgan materiallarni saqlagan. Bundan tashqari, ularni yaqin tanishlariga ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib kelgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2020
Hodisalar
Yoshlarni Suriyadagi terrorchilar safiga qoʻshish uchun joʻnatib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan X.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala