Madaniyat

“Shon-shuhrat uchun jinnilik qilishimiz shart emas”: Nazarbekov ayrim ijodkorlarni tanqid qildi

© Press-slujba Minkulturы UzbekistanaMinistr kulturы Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov
Ministr kulturы Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Oʻzbekiston madaniyat vazirining soʻzlariga koʻra, baʼzi jabhalarda madaniyat oqsamoqda.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Madaniyat sohasi bachkana emas, aqlli va keng dunyoqarashli yosh kadrlarga muhtoj. Bu haqda Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining iqtidorli talabalari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Uchrashuvda talabalar sanʼat va madaniyat sohasini rivojlantirish borasidagi innovatsion taklif va loyihalari bilan oʻrtoqlashgan.
Qizgʻin munozaralarga boy boʻlgan muloqot chogʻida yoshlarning gʻoya va takliflarini tinglangan va ularga maslahatlar berilgan.
Akter Aziz Rametov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Jamiyat
IIV internetda bir-birini “talagan” Ahad Qayum va Aziz Rametovni jiddiy ogohlantirdi
Nazarbekovning taʼkidlashicha, har bir ijodkor, masalan shoir oʻz sheʼrlari, yozuvchi va rassom oʻz asarlari, stsenarist boʻladimi, rejissyor yoki xonandami, umuman kim boʻlishidan qatʼiy nazar madaniyat targʻibotchisi boʻla olishi mumkin.
Vazir baʼzi jabhalarda madaniyat oqsayotganini afsus bilan qayd etgan. Ayniqsa pul va boylik, mashhurlik va doimo trendda boʻlish istagida ayrim ijodkorlar nojoʻya harakat, pastkashlik va bachkanaliklar qilmoqda.
“Shon-shuhrat uchun jinnilik qilishimiz shart emas, shunchaki maqsadlarimizni toʻgʻri qoʻya olsak, shu xalqning, jamiyatning madaniy salohiyatiga hissa qoʻshaman degan gʻoya bilan yashasak kifoya. Qolgani oʻzi keladi. Unutmaylik, hayotning yechimi bu jinnilik orqali mashhurlikka erishish va trendda turishdan iborat emas”, - dedi Ozodbek Nazarbekov.
Uchrashuvda shu kabi fikrlar talaba-yoshlarga uqtirilgan va baʼzi bir ijodkorlarning xato va kamchiliklaridan tegishli xulosa chiqarishlari lozimligi taʼkidlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala